HOMILADORLIK TAQVIMI

3-HAFTA. HOMILADORLIK

Homiladorlikning 3-haftasi boshlandi. Bu hal qiluvchi va homiladorlikni “rejalashtirish”dan uning haqiqatda mavjud bo‘lgan davriga o‘tish pallasi hisoblanadi. Agar tuxumhujayra ikkinchi haftaning oxirida urug‘lanmagan bo‘lsa, u holda uchinchi hafta homila bo‘lish uchun eng maqbul vaqtdir. Aslida, ovulyatsiya 12–14-kunlari yuz berishi kerak edi.

Akusherlik homiladorligining 3-haftasi – o‘ta muhim davr hisoblanadi, chunki aynan shu vaqtda homila faol rivojlanishi hamda tuxumhujayra migratsiyasi (ko‘chib o‘tishi) boshlanmoqda, uning maqsadi – bachadon bo‘shlig‘iga iloji boricha tezroq kirib olib, uning devorga payvandlangan holda u yerda mahkam o‘rnashib olish.

Bundan tashqari, homiladorlikning (akusherlik) 3-haftasi – urug‘langan tuxumhujayraning bo‘linishi boshlanish davri hisoblanadi, tegishli ravishda, bu paytda bo‘lg‘usi ona ikki egiz, hatto ba’zida uch nafar egizakka homilador bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, bitta kichkintoy – ota-ona uchun katta quvonch sababchisi, lekin ko‘p homilali homiladorlik esa, u ayrim noqulayliklar va jiddiy tibbiy nazoratni talab etsa-da, butun oila uchun ikki, hatto uch barobar xursandchilik keltiradi.

Homiladorlikning uchinchi haftasi: nimalar sodir bo‘ladi

Agar yaxshilab anglab yetilsa, homiladorlikning 3-haftasi – sizning homilangiz hayotining eng birinchi haftasi hisoblanadi. Ovulyatsiya boshlangan paytdan buyon tuxumhujayraning spermatozoid bilan bachadon naychasida uchrashib olishi uchun bor-yo‘g‘i 24 soati bor edi. Agar mazkur “uchrashuv” o‘z vaqtida yuz bermasa, u urug‘lanish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi.

Shuning uchun homiladorlik 3-haftasining eng muhim voqeasi urug‘lanishning o‘zi hisoblanadi. Ushbu haftaning dastlabki kunlarida zigota bachadon naychasining bo‘shlig‘ida, uning devoriga yopishmagan holda turgan bo‘ladi. U o‘zining bachadonga tomon yo‘naltirilgan harakatini muttasil davom ettiradi. Embrion, ya’ni homila esa bachadon naychasi bezlaridan ajrab chiquvchi oqsil birikmasi va o‘zining shaxsiy energiya zaxiralari hisobidan oziqlanib turadi. Bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chib va uning ichki qobig‘iga tushib olgach, embrion bachadon devoriga, aniqrog‘i, endometriya qatlamiga cho‘kishni boshlaydi. Bu jarayon implantatsiya deb ataladi. Agar hammasi muvaffaqiyatli kechsa, uchinchi haftaning oxirida embrion qulay va ozuqabop muhit – endometriya qatlamida mustahkam qaror topadi, shundan keyin ona organizmi bilan homila o‘rtasida mustahkam va ko‘p tomonlama aloqa o‘rnatiladi.

Homiladorlikning 3-haftasi: belgilar

Ushbu muddatda organizmda yaqqol ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar deyarli kuzatilmaydi, lekin ko‘pgina onalar homiladorlikning 3-haftasida hayz oldi sindromi alomatlariga o‘xshash simptomlarni o‘zlarida qayd etishlari mumkin. Homiladorlikning 3-haftasida hatto ba’zi ayollardan ham ona uchun, ham homila uchun zararsiz bo‘lgan ozgina ajralmalar chiqishi mumkin. Shuning uchun 3 haftalik homiladorlikni, homilali bo‘lish boshlanganligining alomatlarini ko‘pincha yaqinlashib kelayotgan hayz ko‘rish bilan ham chalkashtirishadi.

Homiladorlikning 3-haftasida ayollar aksariyat hollarda quyidagi belgilarni qayd etishadi: yengil bosh aylanishi, seruyqulik, qorinning quyi qismida zirqiragan og‘riq, ko‘krakning sezilar-sezilmas bo‘rtib chiqishi.

Bo‘lg‘usi kichkintoy

Akusherlik homiladorligining uchinchi haftasida kichkintoy hali juda ham jimit bo‘ladi. Bu faqatgina muhim genetik ma’lumotni o‘z ichiga olgan hujayralar guruhi hisoblanadi xolos.

Biroq rivojlanish va shakllanish jarayoni qizg‘in ketmoqda. Homiladorlikning 3-haftasi o‘tgach, homilaning hajmi 0,1–0,2 mm diametrli kovak sharchani eslatadigan bo‘ladi, hujayralar soni 250 tagacha boradi. Homiladorlikning uchinchi haftasida embrion amniotik suyuqlik bilan to‘ldirilgan kichkinagina xaltachaga joylashgan bo‘ladi. U ozuqa moddalarini hali ham ayolning organizmidan emas, balki tuxum sarig‘iga oid xaltachadan oladi. Ayni shu vaqtda unda qon yaratilishi jarayoni ketmoqda.

Homiladorlikning 3-haftasi: sezgilar

Homiladorlikning muddati hali juda kam, bor-yo‘g‘i bir necha kundan iborat. Mazkur muddatda bo‘lg‘usi ona odatda o‘zidagi o‘zgarishlarni hech ham sezmaydi. Lekin ayrim ayollar o‘z tanalarida yangi hayot vujudga kelganligini sezganlarini aytadilar. Balki bu sezgilar homiladorlik rejalashtirilganligi va u uzoq muddat kutilganligi sababidan uning dastlabki belgilarini orziqib kutish tufayli yuzaga kelgan. Lekin bo‘lg‘usi ona ko‘pincha hatto 5–6-haftagacha o‘zining holati to‘g‘risida gumonga ham bormasligi mumkin.

Xavfsizlik – hammasidan muhim!

Homiladorlikning 3-akusherlik haftasi – uning o‘tish davrining eng qaltis mavridlaridan hisoblanadi. Ovulyatsiyadan keyingi hafta davomida endigina vujudga kelayotgan hayotni biror bir xatarga solmaslik uchun o‘zini asabiy stresslardan, holdan toyish va og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlash o‘ta muhim. Shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni qabul qilmaslik muhim, xususan, antibiotiklar taqiqlanadi.

Mazkur bosqichda homila ichki organlarining shakllanishi boshlangan bo‘ladi. Shuning uchun homiladorlikning birinchi kunlaridanoq har qanday noxush ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan o‘zni ehtiyot qilib yurish juda muhimdir.

2410cookie-check3-HAFTA. HOMILADORLIK

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »