Kasalliklarning ko‘plab turi ayollarda kuzatiladi. Ayollar orasida uchraydigan kasalliklardan biri bu- adneksitdir.
Adneksit — bachadon yo‘llari va tuxumdonlarning yallig‘lanishi (ba’zan paylar ham zararlanadi). Ayollarning keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi.
Kasallik sabablari:
– sovuqda qolish;
– emotsional stress;
– yallig‘lanish o‘choqlarining yaqin joylashishi;
– shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik;
– jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar borligi.
Adneksit belgilari:
– qorinning pastki qismida og‘riq bo‘lishi;
– tana haroratining oshishi;
– tez charchash;
– holsizlik;
– noxush hidli, sariq yoki yashil tusli patologik ajralmalarning kuzatilishi.
Adneksit kasalligining asoratlari:
– bepushtlik;
– trubaning ulangan joyidan yorilishi.
Davolash yo‘llari:
– fizioterapiya;
– vitaminoterapiya;
– zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘shiladi.
Har bir ayollarni bu kabi noxush kasalliklar bezovta qilmasligi, kasallikka chalinmasligi uchun doimo o‘zlariga e’tibor berib, vaqti- vaqti bilan shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turmoqlari kerak bo‘ladi.