Immunostimulyatorlar Mineral qo'shimchalar Vitaminlar

APILAK Grindeks tabletkalari 10mg N25

APILAK Grindeks tabletkalari 10mg N25 qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

APILAK GRINDEKS

APPILAK GRINDEX

 

Preparatning savdo nomi: Apilak Grindeks

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): liofillangan apilak

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi.

faol modda: liofillangan apilak 10 mg,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearat.

Ta‘rifi: yassi silindrikfaskalisindirilganda yuzasi oq yoki sarg‘imtir tusli rangdagi tabletkalar. Mayda sariq xolli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Biogen rag‘batlantiruvchilar

ATX kodi: A13A

Farmakologik xususiyatlari

Apilak yoki asalarilarning ona suti yosh ishchi asalarilarning allotrofik bezlari tomonidan ishlab chiqariluvchi biologik faol moddalarning aralashmasidan iborat sekretidir. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Vitaminlar (S, V1, V2, V5, V6, V8, V12, N, folat kislotasi, inozitol);
  • Makroelementlar (K, Na, Ca, Mg, Fe, P) va mikroelementlar (Zn, Mn, Cu, Co, S, Si, Ni, Cr, As, Bi);
  • 23 turli aminokislotalar, shu jumladan almashinmaydigan (masalan, gistidin, valin, metionin, triptofan);
  • Boshqa biologik faol moddalar (masalan, xolinesteraza fermenti, asetilxolin mediatori va boshqalar).

Umumiy tonusni oshiruvchi, antispastik ta‘sirga ega, organizmni stresslarga nisbatan qarshiligini va chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi.

 

Qo‘llanilishi

  • O‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
  • Tug‘ruqdan keyingi davrda emizishni buzilishi;
  • Bolalarda ishtahani yo‘qolishi;
  • Nevrotik buzilishlar va arterial gipotenziya (yordamchi vosita sifatida)

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 10-15 kun davomida.

3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 10-15 kun davomida buyuriladi. Tabletkani til ostiga qo‘yish va to‘liq erib ketganigacha qoldirish kerak (ichga qabul qilinganda preparat me‘da shirasini ta‘siri ostida parchalanadi).

Agar Siz preparatni navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilganni o‘rniga ikkibarobar dozani qabul qilmang. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni davom ettiring.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • Allergik reaksiyalar,
  • Og‘iz qurishi,
  • Taxikardiya:
  • Uyquni buzilishi:

Yuqorida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish zarur.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Liofilizirlangan appilakka va asalarichilikning boshqa mahsulotlariga yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
  • Addison kasalligi,
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tabletkalar allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Og‘iz qurishi, yurak urishi yoki uyquni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp-laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan pasientlarga ushbu dozalarini qo‘llash mumkin emas. Uyquni buzilishida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Faqat liofilizirlangan apilakning oz miqdorigina davolovchi samara ko‘rsatadi.

Homiladorlik va emizish

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:

Ko‘p miqdorda qabul qilinganda moddalar almashinuvi jarayonlari sekinlashadi, masalan kuniga 2,5 g qabul qilish lohaslik chaqiradi.

Davolash:

Preparatni bekor qilish. Simptomatik terapiya.

Chiqarilish shakli

Shimish uchun tabletkalar 10 mg

25 tabletkadan polivinil xlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz

13570cookie-checkAPILAK Grindeks tabletkalari 10mg N25

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »