Oziqlantiruvchi vositalar

Arginin gidroxloridi eritmasi haqida ma’lumot

ARGININ

ARGININE

 

Preparatning savdo nomi: Arginin

Taʼsir etuvchi modda (XPN): arginin gidroxloridi

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: L- arginin gidroxloridi – 4,2 g

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sargʻish tusli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Parenteral oziqlantirish uchun preparat. aminokislota.

ATX kodi: V05XV01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota boʻlib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning koʻpsonli hayotiy muhim funksiyasilarning faol va har tomonlama xujayra boshqaruvchisi hisoblanadi, organizmning ogʻir holatida muhim protektor samara koʻrsatadi.

Arginin antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik taʼsir koʻrsatadi, oraliq almashinuv va energiya bilan taʼminlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon boʻladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda maʼlum rol oʻynaydi. Maʼlumki arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Arginin jigarda mochevina sintezi siklidagi asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniyemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yoʻli bilan amalga oshadi. Antioksidant, antigipoksik va membranani barqarorlashtiruvchi faolligi hisobiga gepatoprotektor taʼsir koʻrsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan taʼminlash jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Arginin endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida siklik guanindimonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyiga trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziya qiluvchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan aterosklerotik blyashkalarning hosil boʻlishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasi stimulyatori va kuchli vazokonstiktor boʻlgan endotelin-1 sintezini bostiradi. Arginin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini bostiradi. Preparat T-xujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining funksiyasiini ragʻbatlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi taʼsir koʻrsatadi va kislota-ishqor muvozanatini tuzatishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida arginin gidroxloridning maksimal konsentratsiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut oʻtgach kuzatiladi. Arginin yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi, buyrak kalavalarida filtrlanadi, biroq buyrak naychalarida amalda toʻliq qayta soʻriladi.

 

Qoʻllanilishi

Bosh miya va yurak-qon tomirlarining aterosklerozi, periferik qon tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan paydo boʻladigan oqsoqlik, diabetik angiopatiya, yurakning ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, oʻtkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini oʻtkir buzilishi oʻtkazilganidan keyingi holat, kardiomiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstitsial pnevmoniya, idiopatik oʻpka gipertenziyasi, oʻpkaning surunkali postembolik gipertenziyasi, turli etiologiyali oʻtkir va surunkali gepatitlar, giperammoniyemiya, gipoksik holatlar, rekonvalessensiya jarayonidagi astenik holatlar, shu jumladan infeksion kasalliklar va jarrohlik arashuvlaridan keyingi, metabolik alkaloz, ayrisimon bezi funksiyasiini pasayishi, homilaning rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, soʻngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin.

Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.

Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining ogʻir buzilishlarida, intoksikatsiyaning yaqqol koʻrinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi.

Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 200 mmol dan oshmasligi kerak.

12 yoshgacha boʻlgan bolalarga preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi.

Metabolik alkalozni davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha hisoblash mumkin:

 

arginin gidroxloridi (mmol)

—————————————— x 0,3 x kg tana vazni

ortiqcha ishqor (Ve) (mmol/l)

 

Yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Dozaga qoʻshimcha tuzatish kiritish kislota ishqor balansini natija olinganidan keyin qayta oʻtkazilishi kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Umumiy buzilishlar: gipertermiya, qizib ketish hissi, tanani zirqishi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: boʻgʻimlarda ogʻrigʻi.

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonida: ogʻiz qoʻrishi, koʻngil aynishi, qusish.

Teri va teri osti kletchatka tomonidan: yuborish joyidagi oʻzgarishlar, jumladan giperemiya, qichishish, akrotsianozgacha terini rangparlikki.

Immun tizimi tomonidan: oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, jumladan toshma eshakemi, angionevrotik shish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni va yurak ritmini oʻzgarishlari,  yurak sohadagi ogʻriqlar.

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, qoʻrqish hissi, holsizlik, tirishishlar, koʻproq yuborish tezligi oshirilganda tremor kuzatilishi mumkin.

Laborator koʻrsatkichlar:  giperkaliyemiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik; buyrak funksiyasiini ogʻir buzilishlari, giperxloremik atsidoz; anamnezdagi allergik reaksiyalar; kaliy tejovchi diuretiklarni, shu jumladan spironolaktonni qoʻllash; 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Arginin qoʻllanganida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida, preparat yaqqol va barqaror giperkaliyemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Kaliy tejovchi diuretiklar oldingi qoʻllanishi ham, qondagi kaliy konsentratsiyasi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtda qoʻllash qondagi insulinning miqdorini oshirishi mumkin.

Nomutanosiblik

Preparat tiopental bilan nomutanosib.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda infuziyadan oldin qon plazmasidagi kaliy miqdori va diurez tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Preparat endokrin bezlarining funksiyasi buzilganida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Preparat insulin va oʻsish gormonining sekretsiyasini ragʻbatlantirishi mumkin. Elektrolitlar almashivuni buzilishida va buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik ilan qoʻllash kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari kuchayib borsa, davolashni toʻxtatish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Preparat yoʻldosh orqali oʻtadi, shuning uchun homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Preparatni emizish davrida qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar mavjud emas.

Bolalar

Preparat 3 yoshdan oshgan bolalarda qoʻllanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh aylanishini chaqirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.

Davolash. Dozani oshirib yuborilish hollarida preparatning infuziyasini toʻxtatish kerak. Fiziologik reaksiyalarni monitoring qilish va organizmning hayotiy funksiyalarini bir maromda tutib turish kerak. Zarurati boʻlganida ishqoriylovchi vositalar va diurezni yoʻlga soluvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

4,2 % infuziya uchun eritma 100 ml dan  flakonlarda (butilkalarda).

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

65450cookie-checkArginin gidroxloridi eritmasi haqida ma’lumot

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »