PARAZITAR KASALLIKLAR

Askaridoz haqida qisqacha ma’lumot

Askaridalar – toʻgarak chuvalchanglar oilasiga kiruvchi parazitlar hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar va odamlar ichagida parazitlik qiladi.

Odam askaridasi erkagining uzunligi 15-25 sm, urgʻochisi 25-40 sm. Ular juda ham serpusht hisoblanib, bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni paydo qiladi.
Askaridoz kasalligi- ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qoʻllar orqali yuqadigan kasallik hisoblanadi.

Kasallikning belgilari:

1- migratsion bosqichi:
– 5-7 kun davom etib, belgilarsiz oʻtadi;
– yuqqanidan 2-3 kundan soʻng quvvatsizlik;
– baʼzan isitma;
– terida toshma;
– yoʻtal;
– harorat koʻtarilishi;
– qoʻl va oyoq barmoqlarida mayda pufakchalar toshadi;
– limfatik tugunlar, jigar,taloq kattalashadi.

2- ichak bosqichi:
– oshqozon-ichak va nerv sistemalarining faoliyati buziladi;
– tez-tez koʻngli ayniydi;
– bolalar uyqusida tishini gʻijirlatadi;
– qorni ogʻriydi;
– ishtahasi buziladi;
– injiq va tajang boʻlib qoladi;
– ichning kelishi baʼzan suyuq, baʼzan esa qabziyat boʻladi;
– uyqusi buzilib ish qobiliyati pasayadi.

Kasallikni davolash:
1- migratsion bosqichida: mintezol- har kuni 50 mg/kg dan 5-7 kun davomida, kunlik doza boʻlib ichiriladi. Vermoks- bir kunda 2 mahal 100 mg dan 3-4 kun beriladi.

2- ichak bosqichida: levomizol- kattalarga 150 mg dan bir marta, kechki ovqatdan keyin beriladi. Dekaris bolalarga 2,5 mg/kg hisobidan beriladi. Homilador ayollarga berish mumkin emas. Kombantrin- 10 mg/kg hisobidan bir marta ovqatlanish vaqtida beriladi.

Kasallikning oldini olish:
– ifloslangan sabzavot va mevalarni yuvib isteʼmol qilish;
– qaynatilmagan suvlarni isteʼmol qilmaslik;
– ozodalik va sarishtalikka amal qilish.

98220cookie-checkAskaridoz haqida qisqacha ma’lumot

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »