Jarohat va yaralarni davolash uchun

BEPANTEN maz 5% 3,5g

BEPANTEN maz 5% 3,5g qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

BEPANTEN®

Ilova-varaqa

(pasientlar uchun)

 

Savdo nomi

Bepanten

Xalqaro patentlanmagan nomi

Dekspantenol

Dori shakli

Sirtga qo‘llash uchun krem

Ta‘rifi

Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, kuchsiz hidli gomogen tiniq bo‘lmagan krem.

Farmakoterapevtik guruhi

Jarohat va yaralarni davolash uchun vositalar. Jarohatni bitiruvchi vositalar. D03AX03

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: 50 mg dekspantenol;

yordamchi moddalar: DL-pantolakton, fenoksietanol, amfizol K, setil spirti, stearil spirti, lanolin (Ye913), izopropilmiristat, propilenglikol (Ye1520), tozalangan suv.

 

Farmakologik xususiyatlari

Dekspantenol pantotenat kislotasining spirtli analogi bo‘lib, xuddi shunday biologik faollikka ega. Dekspantenol xujayralarga tez kiradi, pantotenat kislotasiga aylanadi va xuddi V5 vitamini kabi ta‘sir ko‘rsatadi.

Pantotenat kislotasi va uning tuzlari suvda eruvchi vitaminlar bo‘lib, asetilkoenzim
A tarkibiga kiradi va juda ko‘p modda almashinuvi jarayonlarida o‘ta muxim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, dekspantenol teri va shilliq qavatlarni shakllanishi va regenerasiyasi uchun zarur bo‘lgan, organizmning pantoten kislotasiga yuqori ehtiyojini qondirishi mumkin. Ko‘pgina qismi organizmdan o‘zgarmagan holda siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Quruq va ta‘sirlangan shikastlanmagan terini: giperemiya, yengil kuyishlar (quyoshdan va maishiy), terini katta sohalariga ishlov berish (masalan, qo‘l barmoqlari, tirsak, tizza va boshqalar) da davolash.

Quruq, qizargan teriga profilaktik ishlov berish.

Mayda shikastlanishlarda (yoriqlar, tirnalishlar), radio-, fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terini ta‘sirlanishlarida terini bitishi va epitelizasiyasini tezlashtirish.

Kortikosteroidlarni qo‘llagandan keyin teriga ishlov berish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kremni yupqa qilib, kuniga bir marta terining shikastlangan sohalariga surtiladi. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga va kechishiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar spontan xabarlarga asoslangan. Ularning har birini uchrashning aniq sonini aniqlashning imkoni yo‘q.

Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan teri – kontakt dermatit, allergik dermatit, qichishish, ekzema, eritema, toshma, eshakemi, terini ta‘sirlanishi, pufakli toshmalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Dekspantenol xatto yuqori dozalarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi va toksik hisoblanmaydi.

Ehtiyotkorlik choralari

Lanolin, stearil spirti va setil spirti, propilenglikol terini ta‘sirlanishini chaqirishi (masalan kontakt dermatit bo‘lishi) mumkin.

Kremni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir hollari ma‘lum emas.

 

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va emizish davrida kremni qo‘llash bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

O‘rami

30 g yoki 100 g tuba ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Berish tartibi

Reseptsiz.

5680cookie-checkBEPANTEN maz 5% 3,5g

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »