BOLALAR KASALLIKLARI NAFAS A'ZOLARI KASALLIKLARI

Bolalarda mikoplazmali pnevmoniya haqida ma’lumot. Bolalarda atipik pnevmoniya.

Mycoplasma pneumonia mikrorganizmlarning alohida turiga mansub, kichik o’lchamli (150-200nm), RNK va DNKdan tuzilgan. Qo’zg′atuvchi hujayrasiz muhitda ko’payishi mumkin, b-gemolizin toksin ajratadi.

Miko’plazmalar, viruslar, bakteriyalar o’rtasitda oraliq holatni egallaydi. 70˚C temperaturada lipofil holda yillar davomida  saqlanadi.

Epidemiologiyasi

Kasallik manbai respirator mikoplazma bilan kasallangan odam va tashuvchi hisoblanadi. O’tish yo’li – havo tomchi, transplasentar.

Patogenezi

Miko’plazma havo-tomchi yo′li orqali tushganda tomoq orqa devori shilliqini, traxeya, bronxlarni  zararlaydi. Asosiy o’zgarishlar  alveolyar epiteliyda bo´ladi, u yerda chaqiruvchi ko’payadi, hujayra giperplaziyasi va o’zgarishini  chaqiradi. Alveolyar makrofaglar va neytrofillar fagositozni chaqiradi va bu jarayon alveolyar hujayralarning o’zgarishiga, hujayra ichi suyuqligi ekssudasiyasiga olib keladi.

Klinik xususiyati

Klinik manzarasi chaqiruvchining virulentligi, uning ko’payish tezligi, bemorning yoshi, organizmning reaktivligi, yo′ldosh virusli yoki bakterial infeksiyalarning bor yogligiga bog’liq. Inkubasion davri 1 haftadan 3 haftagacha davom etadi (ko’pincha 12-14 kun). Kasallikning ilk ko′rinishi uchun kam ifodalangan umumiy intoksikasiya belgilari xos (bosh og’rishi, quvvatsizik, tana qaroratining bir oz ko’tarilishi). Keyinchalik tomoqdagi va qorindagi ogriq qosqiladi. Kasallik uchun qiynoqli quruq yo’tal, faringit belgilari xarakterlidir. Intoksikasiya belgilari birinchi haftaning oxiri, ikkinchi haftaning boshlarida namoyon bo´ladi. hansirash kam hollarda kuzatiladi. Terisida 50% qo’llarda qizil yoki binafsha rangli dog′li, kam hollarda vezikulali, papulali toshmalar paydo bo´ladi. Shunga o’xshash toshmalar shilliq qavatlarda ham paydo bo’ladi. Birinchi haftaning oxirida va ikkinchi haftaning boshida intoksikasiya belgilari kuchayadi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda kasallik simptomsiz kechishi mumkin.

Perkussiyada mozaiklik aniqlanadi. Fizikal ma’lumotlar kam ifodalangan:  dagal yoki sustlashgan nafas fonida nam xirillashlar; ko’krak yoshidagi bolalarda bronxiolit klinikasi kuzatilishi mumkin.

Gematologik o’zgarishlar – normositoz, leykositoz, formulaning chapga siljishi bilan kechuvchi neytrofilez, eozinofiliyaga moyillik, anemiya, gipertrombositoz, EChT ortishi o’pkadan tashqari belgilari: qayd qilish, qorindagi qattiq og’riq, appendikulyar sindrom -50% ; gepatomegaliya -30%; gemorragik sindrom (teridagi gemorragiyalar, burundan qon ketishi) – 20%; kam qo’llarda meningeal sindrom. Kasallikning monoton tarzda kechadi. quruq yo’tal, subfebrillitet 2,5 haftadan 2,5 oygacha davom etishi mumkin. Katta yoshdagi bolalarda miko’plazmali pnevmoniya ko’pincha surunkali bronx-o’pka kasalliklari rivojlanishiga olib  kelishi mumkin.

Rentgenografiyada: O’pkaning aniq chegarasiz nogomogen  infiltrasiyasi. Ko’pincha «bulut»simon, «tutun» simon infiltrasiyalar paydo bo´ladi. O’pka  surati kuchaygan, ko’p  hollarda jarayon  bir tomonlama va o’pkaning pastki  qismida kuzatiladi. Bronx-tomir suratining kuchayganligi  bemor tuzalgandan keyin ham uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Paraklinik belgilari

Deyarli o’zgarishlar bo’lmaydi. Ba’zan EChT ortishi, monositoz bo’lishiga mumkin. Chaqaloqlarda mikoplazmali infeksiya generallashgan xarakterga ega, o’pka parenximasini zararlaydi. Yuqori nafas yo′llari va bronxlar  zararsiz bo’lib qoladi, qozgatuvchi gematogen yo’l bilan kiradi va o’pka to’qimasida joylashadi. Bunday chaqaloqlarning onasida akusherlik anamnezida urogenital  miko’plazma  bilan  kasallanganlik aniqlanadi. Bolalar kam vazn bilan tuqiladi, terisi  oqimtir, sariq tusda bo´ladi. Pnevmoniya hayotining birinchi soatlaridan  boshlanadi. Haftaning  oxirida  – meningoensefalit rivojlanadi. Statistika  ma’lumotlariga kora,  bunday bolalar olgan chaqaloqlarning 10 – 30 %ni tashkil  etadi.

Patologik anatomiyasi

Kasallikning erta  bosqichlarida faringit, follikulalar gipertrofiyasi, peribronxial perivaskulyar shishlar aniqlanadi. Keyinchalik alveolalar orasidagi to’siq kengayadi, limfogistiositar infiltrasiya kuzatiladi. Alveolalarda seroz ekssudat aniqlanadi. Patologik o’zgarishlar jigar va buyrakda ham kuzatiladi.

Diagnostikasi

Burun shilliq qavatidan olingan flyuoressensiyali zardobda  qo’zgatuvchini topishga asoslangan. serologik reaksiyalar (RSK –  complement bog’lovchi antitelalar titrining o′shishiga). Balhamdagi miko’plazmani aniqlash maxsus usuli ham  qo’llaniladi.

Davolash prinsiplari

Etiotrop  davosi makrolidlar guruhiga mansub antibakterial preparatlarni buyurish: eritromisin  sutkasiga 30-50 mg/kg; linkomisin sutkasiga 10-20 mg/kg; oleandomisin: 3 yoshgacha  bolalarga -0,02 g/kg, 3-6 yoshdagilarga -0,25-0,5 g/kg, 6-14  yoshdagilarga – 0,5-1,0 g/kg, 14 yoshdan kattalarga -1,0-1,5 g/kg sutkasiga, sutkalik  dozasini  4-5 qabulga  bo’linadi. Davo kursi 7-10 kun. 8 yoshdan  katta bolalarga  oksitetrasiklin buyuriladi, vibramisin, doksisillin. 8-12 yoshda birinchi kuni sutkada 4 mg/kg, keyinchalik 2mg/kg. 12 yoshdan kattalarga  0,2 g  birinchi  kuni  va keyinchalik 0,1 g beriladi. Davo kursi 7-10 kun.

83690cookie-checkBolalarda mikoplazmali pnevmoniya haqida ma’lumot. Bolalarda atipik pnevmoniya.

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »