OG`RIQ VA BELGILAR

Bolalarda nafas shovqinlari – xirillashlar, stridor nafas, plevra ishqalanish shovqini, krepitatsiya va boshqalar haqida ma’lumot.

Bolalarda nafas shovqinlari – bolalik davrlaridagi nafas tizimi anatomo-fiziologik rivojlanishi xususiyatiga bog’liq bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bola hayotining birinchi oylarida alveolalarning yaxshi rivojlanmaganligi, o’pkaning kam havoliligi va unda elastik, mushak to’qimalarining kuchsiz rivojlanganligi sababli nafas shovqinlari norma hisoblanadi, kuchsiz vezikulyar nafasga mos keladi. Bu auskultativ fenomen bolalarda 1 yoshdan 10 yoshgacha yo’qoladii, bunda opkaning anatomik tuzilishi va funksiyasi shakllangan bo´ladi, ko’krak devori yupqaligi va ko’krak qafasi kichik hajmi ovoz yaxshi o’tkazishga olib keladi. Bu yosh davrida nafas shovqinlari jarangdor, ba’zida kuchsiz aniqlanadi va plevra bo’shlig’iga oz miqdorda suyuqlik to’planishidan nafas shovqinlari pasayadi, lekin to’liq yoqolmaydi. Bu kattalarda ko’p uchraydi. 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda nafas shovqinlari xususiyati sababi (ovozni yaxshi o’tkazishi, bronxlarning nisbatan torligi va bronxial nafasning ko’krak devoriga qisman o’tkazilishi (ovoz yorig’ining yaqin joylashganligi) bo´ladi. 1 yoshdan 7 yoshgacha vezikulyar nafas emas, pueril nafas eshitiladi (lot. puer. bola). U vezikulyar nafasdan nafas chiqarishning kuchayishi va davomiyligi bilan farq qiladi. Kattalardagi dag’al nafasga to’g’ri keladi.

Baby health care. Doctor examines child checking heartbeat

Bu nafas bolalarda bronxit va bronxopnevmoniyalarda eshitiladi, kattalarga qaraganda erta paydo bo´ladi, nafas chiqarishda qo’shimcha kuchaygan shovqinlar bilan xarakterlanadi, asosan alohida tembrli bo´ladi. Bu bilan pueril nafasdan farqlanadi. Bolalarda nafas shovqinlari diagnostik bahosi kattalarnikiga oxshash bo´ladi. Nafas tizimi kasalliklarida  nafas olishning patologik o’zgarishi kuzatiladi.

Susaygan nafas

Nafas aktining umumiy pasayganligida, alveolalarga havo kirishi kamayganida kuzatiladi (halqum torayishi, nafas mushaklari nuqsoni), atelektaz, bronxospazm, obstruksiya sindromida, ekssudativ plevrit, pnevmotoraks, emfizema, o’pka yallig’lanishi, plevraning qalinlashuvida.

Kuchaygan nafas

Mayda yoki maydaroq bronxlar torayishida, yallig’lanish yo’ki spazm (astma xuruji, bronxiolitda), tana xarorati ko’tarilishi bilan kechadigan kasalliklarda kuzatiladi.

Dagal nafas

Qo’pol vezikulyar nafas, nafas chiqarishining uzayishi bilan xarakterlanadi. Bronxit va bronxopnevmoniyada kuzatiladi.

Xirillashlar

Qo’shimcha shovqin, havo tashuvchi bo’shliqlarda  sekret, qon, shilliq, shish suyuqligining qayta harakatlanishi yo’ki tolqinlanishida hosil bo´ladi. Xirillashlar quruq va nam bo´ladi. quruq xirillashlar: hushtaksimon, baland, past, musiqaviy. Birinchisi bronxlar torayishida, asosan kichik bronxlar torayishida bo´ladi, ikkinchisi quyuq balg’amni to’lqinlanishidan hosil bo´ladi, yirik bronxlarda, rezonansni beradi.

Xo’l xirillashlar suyuqlik orqali havoning o’tishidan hosil bo´ladi. Bronxlar o’lchamiga (kalibriga) qarab xirillashlar mayda, o’rta va yirik pufakli bo´ladi. Ular jarangdor va jarangsiz xirillashlar turlariga bo’linadi. Pnevmoniyada jarangdor xirillashlar eshitiladi. Ular shuningdek bronxoektazdagi bo’shliqlarda ham paydo bo´ladi. Jarangsiz xirillashlar bronxiolitda, bronxit, opka shishi, atelektazda kuzatiladi.

Xirillashlardan krepitasiyani farq qilish kerak

Krepitaеsiya  (alveolyar krepitasiya) patologik yuqori chastotali nafas shovqini, ekssudati bor o’pka alveolari devorlari yopishishi natijasida hosil bo´ladi. Krepitasiyaning xirillashdan farqi, chuqur nafas olish balandligida eshitiladi, ko’p mayda ishqalanishning yuzaga chiqishi, barmoqlar orasida  sochning g’ichirlashiga o’xshaydi.

Alveolyar krepitasiya

O’tkir krupoz pnevmoniyaning spesifik belgisi, ekssudat paydo bolish fazasiga mos keladi (boshlang’ich krepitasiya- crepitatio indix). Ba’zida krepitasiya o’tuvchi auskultativ fenomen bo’lib, rivojlangan atelektaz ustida bo´ladi, shuningdek disksimon atelektazda o’pkaning pastki qismida gipoventilyasiya hisobiga (bu xolatlarda bir necha chuqur nafas olishdan keyin yo’qoladii). Bu paytda bronxiola devorlari nafas chiqarishda yopishadi, keyingi nafas olishda ocqiladi, ovoz chiqaradi.

Plevraning ishqalanish shovqini

Yuzasi fibroz suyuqlik bilan o’zgargan (quruq plevritda), sklerotik jarayon, osmalar elementi (mezotelioma, plevra karsinomatozi) bilan qoplangan plevra varag’larining ishqalanishidan hosil bolgan shovqin. qar xil holatlarda shovqin chastota diapozoni turlicha (710-1400 Gs.) va uni qabul qilish farqlanadi. Ba’zi holatlarda u qor ishqalanish yoki qichirlashidek, boshqa paytlarda xuddi qattiq yuza ustida qum harakatidek eshitiladi. Yumshoq moysimon ovoz beradi. Shovqin quloqqa yaqin eshitilayotgandek qabul qilinadi. Krepitasiya va xirillashdan farq qilib, u nafas olish va chiqarishda ham eshitiladi, nafas chuqurligi kuchayganda yuqorilashadi, bemorni soq tomonga yotkazilganda, ba’zida stetosko’p bilan ko’krak devoriga bosilganda eshitiladi.

Stridor (lot.stridor – xushtak: sinonimi stridorli nafas)shovqinli nafas, halqum yoki traxeya torayishi natijasida yuzaga keladi. Masofaviy xarakterga ega, bemordan ma’lum bir masofada eshitiladi, tembri bo’yicha bronxial yoki amforik nafas, shovqinli ovoz, nafas olishning qiyinlashuvi va nafas chiqarishning bir oz qiyinlashuvi bilan kechadi.

Tugma stridor

Ko’p hollarda laringomalyasiya – halqum toqaylari shakllanishi orqada qolishi bilan xarakterlanadi, buning natijasida xalqum tug’ruqdan keyin xam mayin, chokkan bo´ladi. Nafas olganda halqum yumshoq  devori ichkariga tortiladi va uning yorig’ini toraytiradi.

Tuhilgandan keyin 4-6 xaftasida laringomalyasiyaga bog’liq stridor paydo bo´ladi. Tinch xolatda yoki qorinda yotqizilganda stridor yo’qoladii, yig’laganda kuchayadi, ba’zi xolatlarda doimiy saqlanadi. Bunda bola ovozi jarangdor, toza bolib qoladi, umumiy axvoli o’zgarmaydi. Halqum tog’aylari o’sish va rivojlanishida (1 yoshda) stridor yo’qoladii.

Tuhilgandan keyin darrov yuzaga chiqadigan stridor qar-xil tug’ma nuqsonlar – xoana atreziyasi, halqum kistasi, halqum va traxeya tug’ma stenozi va boshqalarga bog’liqdir. Agar stridor emizishda paydo bo’lsa, traxeya va qizilongach o’rtasitdagi teshik, halqumning tirqishidan dalolat beradi. O’tkir respirator virusli infeksiya qo’sqilishi stridorni kuchaytiradi. Ba’zida nafas yolllari otkazuvchanligi buzilishi natijasida nafas etishmovchiligi belgilari rivojlanadi (xansirash, sianoz, nafas olishda qovurg’alararo mushaklar tortilishi va boshqalar) stridor sababini aniqlash uchun bolani pediatr va otorinolaringolog ko’rishi kerak.

Laringomalyasiyali stridorda bolani kuzatish lozim, erta chiniqtirish tadbirlari bilan o’tkir respirator virusli infeksiya profilaktikasi o’tkaziladi. O’RVI qo’shilganda, bolada xansirash paydo bo’lsa, tezda gospitalizasiya qilish kerak.

Bronxofoniya

Ovozni bronxlardan ko’krak qafasiga o’tishi, auskultasiya yordamida aniqlanadi. Pnevmoniya, tuberkulez, atelektazda kuchaygan bronxofoniya bo´ladi. Susaygan bronxofoniya plevral boshliqda suyuqlik (ekssudativ plevrit, gidrotoraks, gemotoraks va havo -pnevmatoraks) to’planganda yuz beradi.

85160cookie-checkBolalarda nafas shovqinlari – xirillashlar, stridor nafas, plevra ishqalanish shovqini, krepitatsiya va boshqalar haqida ma’lumot.

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »