Salomatlik

Bolalarning jinsiy rivojlanishi haqida ma’lumot

Jismoniy rivojlanish ko’rsatgichida jinsiy farqlanish – jinsiy yetuklik paydo bo’lishi bilan yaqqol yuzaga chiqadi. Organizm biologik yetuklikka yetgan davr pubertat davri deb ataladi va ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo’lish vaqti sog’lomlik  holati, ovqatlanish tartibi, iqlim sharoiti va genetik xususiyatlarga bog’liq.

Bolalarning jinsiy rivojlanishi 3 davrga bo’linadi:

 

  1. Pubertatgacha bo’lgan davr – 6-7 yoshgacha, gormonal jimlik vaqti.
  2. Pubertat oldi davri – 6 dan 9 yoshgacha qiz bolalarda va 7 dan 10-11 yoshlarda o’g’il bolalarda, gipotalam – gipofizar – gonad tizim faollashadi.
  3. Pubertat davr 9 – 10 dan 14 – 15 yoshgacha qiz bolalarda, ko’krak bezlari o’sishi, qovuq va qo’ltiq ostiga tuklanishi, dumba va tos shakli o’zgarishi, hayz kelishi, va 11-12 dan 16-17 yoshgacha o’g’il bolalarda, genitaliy o’sishi kuzatiladi, tuk chiqishi erkaklar turiga xos, ovoz  yo’g’onlashuvi, spermatogenez, eyakulyasiya yuzaga keladi.

Jinsiy  yetilishni  baholash

Jinsiy yetilish bosqichida ikkilamchi jinsiy belgilar yaqqol aniqlanadi. Qiz bolalarda,  jinsiy bezlar konfigurasiyasi,  qovuq sohasi tuklanish darajasi   va xarakteri  yaqqol ifodalanadi. O’g’il bolalarda  jinsiy yetilish mezoni bo’lib, tashqi jinsiy a’zolar o’lchami va qovuqni tuklanishi hisoblanadi. Odatda oddiy ko’rik o’tkazish yetarli, lekin o’smirlarda pubertat davrining oldingi bosqichlaridi sut bezlari yoki tuxumdon palpasiyaqilinishi kerak.

Qiz bolalarning jinsiy rivojlanish davri  (J.M.Tanner)

Bosqichlar qovuq   tuklari Ko’krak bezlari
1 Pubertat oldi Pubertat oldi
2 siyrak, yengil  pigment- lashgan, tori, mayin, yumshoq, lablar  bo’ylab (11,5) Ko’krak va so’rg’ich ko’tarilgan,  areola diametri kattalashgan  (11,0)
3 Ancha qalinlashgan,  o’ralish boshlangan (12,5) Ko’krak va areola kattalashgan, umumiy konturga ega (12,0)
4 qattiq, o’raluvchan, lekin kattalarga nisbatan kam, sonda bo’lmaydi (13,0) Areola va so’rqich ko’krak bezi konturidan

chiqib turadi (13,0)

5 Katta ayollarga xos uchburchak, sonning ichki yuziga tarqalgan (14,5) Etilgan ko’krak bezi, so’rqich chiqib turadi,

areola – umumiy konturning

yarmiga teng (15,5)

 

O’g’il bolalarning jinsiy rivojlanish bosqichlari   J.M.Tanner

 

 Bosqichlar      qovuq tuklari   Jinsiy a’zo,  urug‘don
 1 yo’q Pubertat oldi
2 siyrak, uzun, kam pigmentlashgan, yumshoq (13,5) Jinsiy olat kattaligi o’rtacha, moyak katta, to’q rangda, burmali

(11,5)

3 Ancha tuk, o’ralish boshlangan, ko’p emas, olat asosida (14,0) Olat uzunligi kattalashgan, moyak va urug’don

kattalashgan (13,0)

4 qattiq, o’raladi, kattalar tipida, lekin kamroq, sonda yo’q (14,5) Olat kengaygan, moyak va urug’don kattalashgan,

terisi to’q rangda (14,0)

5 Kattalar ko’rinishida, sonning ichki yuzasida, lekin gorizontal chegarada (15,0) Kattalarnikidek o’lchamida

(15,0)

6 Kindikkacha tarqalgan  

     *qavs ichida bosqich boshlanishi korsatilgan (yoshda);

 

Jinsiy rivojlanishda qiz bolalar o’g’il bolalarga nisbatan 2 yil oldin yetiladi, bu geteroxronlik yetilganlik hisoblanib, shu yoshdagi jinslarning o’zaro aloqasida  muammolar keltirib chiqaradi. Bir xil jinslarning yetilishiham xar-xil bo’lishi mumkin. Psixologlarning kuzatuvi ko’rsatadiki, rivojlanishi o’rta yoshga to’g’ri kelgan qizlar o’zini baholashi ijobiy, kech yetilgan kizlarda esa erta yetilganlarga nisbatan o’zini baholash ancha yuqori turadi. O’g’il bolalar esa aksincha, kech rivojlanganda qayg’uradi, ularning o’zini baholashi tushib ketadi, kattalarga tobe bo’lib qoladi va tengdoshlaridan o’zini olib qochadi, ota-onalariga bog’liq bo’lib qoladi. Erta yetilgan o’g’il bolalar ancha o’zini ustun qo’yadi va rahbarlik qilishga moyil bo´ladi. Agar o’smir bolada urug’donlarning (pubertatli) kattalashishi 13,5 yoshda kuzatilmasa yoki jinsiy rivojlanishning 3- bosqichi ikkinchi bosqichi boshlangandan keyin to’rt yil davomida yuzaga kelmasa bunday holatlarda,  jinsiy yetilishning ortda qolishi haqida fikrlash mumkin.Ko’pgina qizlar hayz ko’rishmasa xavotirga tushadilar. Agar ko’rikda jinsiy a’zolarning anatomik nuqsoni kuzatilmasa, JBE ning 3 bosqichi boshlangan qizlarda yetilish normada ketayotganidan va yaqin oradahayz ko’rishidan darak beradi. Agar 13 yoshli qiz bolalarda ko’krak bezlarining kattalashuvi kuzatilmasa yoki pubertat o’zgarishlar boshlanishidan hayz ko’rgunicha oradan 5 yil o’tsa, bunday hollarda jinsiy yetilishdan orqada qolish xaqida o’ylash mumkin. Agar jinsiy yetilish ortda qolsa, endokrin statusni tekshirish lozim.

83480cookie-checkBolalarning jinsiy rivojlanishi haqida ma’lumot

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »