![]() |
|
Qisqartma | JSST |
---|---|
Turi | Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tashkiloti |
Ishga tushgan sanasi | 7-aprel, 1948-yil | )
Joylashuvi | Jeneva, Shveysariya |
Direktori | Tedros Adhanom |
Oʻziga tegishli tashkilotlar | Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi |
Vebsayti | www.who.int |
7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot oʻz oldiga «hamma xalqlarning iloji boricha sogʻ-salomat boʻlishiga erishish»ni maqsad qilib qoʻygan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini koʻradi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz (sil, venerik va parazitar kasalliklar, yurak tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qoʻshimcha taʼsiri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat oʻrnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) boʻyicha hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni oʻtkazishga koʻmaklashish ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqa bilan kasallanish xollari toʻgʻrisida mamlakatlarga oʻz vaqtida xabar beradi.
Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining oʻz ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oliy organi — Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining markaziy maʼmuriy organi — Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablagʻining asosiy manbai unga aʼzo boʻlgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi binosida faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan).
Bosh direktorlari
Denmark Halfdan T. Mahler Japan Hiroshi Nakajima Norway Gro Harlem BrundtlandSouth Korea Lee Jong-wook1Sweden Anders Nordström(acting)Hong Kong Margaret ChanEthiopia Tedros Adhanom
Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи
🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;
🔹Қандли диабетга қарши курашишда;
🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;
🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;
🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;
🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;
🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.
Боғланиш ва тўлиқ маълумот
Тел : +998 99 842 88 86
Телеграм : Alhadaya
Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz
3 ta fikr