Buyraklaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan zararli odatlar ro‘yxati bilan tanishing.
Qayta ishlangan go‘sht
Qayta ishlangan go‘sht: sosiska, kolbasa nafaqat kanserogenga boy, balki buyraklar uchun juda xavfli mahsulotdir. Odatda qayta ishlangan go‘shtda tuz ko‘p bo‘ladi: buyraklar natriy bilan kurashishi, ortiqcha kalsiy ishlab chiqarishi uchun ko‘p ishlashi kerak. O‘z navbatida kalsiy buyrak toshlarining shakllanishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Qon bosimini nazorat qilmaslik
Yuqori qon bosimi deyarli barcha organizm tizimlari uchun jiddiy tahdiddir, buyraklar ham bundan mustasno emas. Gipertenziya buyraklarni oziqlantiradigan qon tomirlariga, shuningdek, bu organlarning o‘ziga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun qon bosimi darajasini kuzatish, 130 dan oshsa, shifokor ko‘rigiga borishni unutmang.
Chekish
2012 yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 16 yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida chekishdan voz kechish buyrak hujayralari saratoni (kattalardagi buyrak saratonining eng keng tarqalgan shakli) xavfini 40 foizga kamaytirdi. Bundan tashqari, chekish qon tomirlariga zarar yetkazishi va yuqori qon bosimi xavfini oshirishi mumkin.
Kam suv ichish
Ko‘pchilik suvni faqat chanqagandagina ichadi, ammo organizmga suv yetishmasligi haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin. Natriy darajasini nazorat qilish va qon bosimini normal ushlab turish uchun tanada yetarli suv bo‘lishi lozim. Shuning uchun kuniga kamida bir litr suyuqlik iching.
Og‘riq qoldiruvchi dorilardan ko‘p iste’mol qilish
Shamollashga qarshi dorilar, ayniqsa, «Aspirin» va «Ibuprofen»ni o‘z ichiga olganlari buyraklarga qon oqimini kamaytiradi. Shuning uchun bunday dorilarni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Agar buyraklar zararlangan bo‘lsa, bunday dori-darmonlarni qabul qilishdan butunlay voz kechish lozim.
Xalqona vositalar bilan davolanish
Dorivor o‘simliklar bilan o‘z-o‘zini davolash dorilardan nazoratsiz foydalanish kabi xavfli bo‘lishi mumkin. Ko‘p o‘simliklar tana holati va faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun agar o‘simliklar yordamida davolanishni afzal ko‘rsangiz, albatta, shifokor yoki hech bo‘lmaganda farmatsevtga murojaat qilgan ma’qul.