Oshqozon ichak faoliyati funksional buzilishini davolash uchun

DE-NOL Tabletkalar

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

De-Nol®

De-Nol®

 Денол, де-нол, denol

Qayd etish raqami: B-250-95 №06899     21/04/2009

Savdo nomi: De-Nol®

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: vismut trikaliy ditsitrati – 304,6 mg

Bi2Ovismut oksidiga – qayta hisoblanganda – 120 mg

Yordamchi moddalar: makkajoʻxori kraxmali, povidon K30, kaliy poliakrillati, makrogol 6000, magniy stearati.

Qobigʻi: Opadray OY-S-7366 – gipromelloza va makragol 6000 dan tarkib topgan.

Taʼrifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, kremsimon-oq rangli qobiq bilan qoplangan, bir tomonida oʻyilgan “gbr 152” yozuvli va tomonlar uzuq-uzuq va burchaklari dumaloq kvadrat shakldagi grafik rasmli, hidsiz yoki biroz ammiak hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ichak antiseptigi va burishtiruvchi vosita

ATX kodi: A02VX05

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Helicobacter pylori nisbatan bakteritsid faollikka ega meʼda va oʻn ikki barmoqli ichak yaralariga qarshi vosita. Shuningdek, yalligʻlanishga qarshi va burishtiruvchi taʼsirga ega. Meʼdaning kislotali muhitida erimaydigan vismut oksixloridi va sitrat choʻkmaga tushadi, yara va eroziyalar yuzasida himoya plyonkasi shaklida oqsil substratli xelat birikma hosil boʻladi. Ye prostaglandinlar sintezini shilliq va gidrokarbonat sekretsiyasini oshirib, sitoprotektor mexanizmlarni faolligini ragʻbatlantiradi, pepsin, xlorid kislotasi, fermentlar va oʻt kislotasi tuzlarini meʼda-ichak yoʻllari shilliq qavati taʼsirini chidamliligini oshiradi. Nuqson zonasida epidermal oʻsish omilini toʻplanishiga olib keladi. Pepsin va pepsinogen faolligini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Vismut subsitrati meʼda-ichak yoʻllaridan deyarli soʻrilmaydi. Asosan ahlat bilan chiqariladi. Plazmaga tushgan vismutning qisman miqdori organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

Qoʻllanilishi

Zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi, shu jumladan Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan.

Zoʻrayish bosqichidagi surunkali gastrit va gastroduodenit, shu jumladan Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan.

Asosan diareya simptomlari bilan birga kechadigan taʼsirlangan ichak sindromi.

Meʼda-ichak yoʻllarining organik kasalliklariga bogʻliq boʻlmagan, funksional dispepsiya.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi, homiladorlik, laktatsiya, preparatni shaxsiy oʻzlashtiraolmaslikda qoʻllash mumkin emas.

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparatni 120 mg li 1 tabletkadan sutkada 4 marta ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin va kechqurun yoki 120 mg li 2 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.

4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga preparatni sutkada 8 mg/kg hisobidan buyuriladi. Bolaning tana vazniga bogʻliq holda sutkada 1-3 tabletkadan buyuriladi (muvofiq kuniga 1-3 qabul qilish uchun). Bunda sutkalik doza hisoblanadigan dozaga (sutkada 8 mg/kg) bir muncha yaqin boʻlishi lozim.

Tabletkani ovqatdan 30 minut oldin koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Davolash kursi davomiyligi 4-8 xaftani tashkil qiladi. Keyingi 8 xafta davomida vismut saqlovchi preparatlarni qabul qilish mumkin emas.

Helicobacter pylori ni eradikatsiyasi uchun De-Nol preparatini antixelikobakter faollikka ega boʻlgan, boshqa antibakterial vositalar bilan majmuada qoʻllash maqsadga muvofiqdir.

Nojoʻya taʼsiri

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, koʻp tez-tez ich kelishi, qabziyatlar paydo boʻlishi mumkin. Ushbu koʻrinishlar sogʻliq uchun xavfli emas va vaqtinchalik xarakterga ega.

Allergik reaksiyalar:teri toshmasi, terini qichishishi.

Yuqori dozalarda uzoq muddat qoʻllanganida – markaziy nerv tizimiga vismutni toʻplanishi bilan bogʻliq boʻlgan ensefalopatiya rivojlanishi.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgandan dozadan yuqori dozalarni davomli qabul qilish orqali chaqirilgan, preparatni dozasini oshirib yuborilishi, buyraklar faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu simptomlar De-Nolni bekor qilganda toʻliq qaytadi.

Preparat bilan zaharlanish belgilari paydo boʻlganida meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir va tuzli surgi vositalarini qabul qilish zarur. Keyinchalik davolash simptomatik boʻlishi kerak. Qon plazmasida vismutni miqdorini oshishi bilan birga kechadigan buyrak faoliyatini buzilishi holida kompleks hosil qiluvchilar – dimerkaptoqahrabo va dimerkaptopropansulfon kislotasini yuborish mumkin. Buyrak faoliyati yaqqol buzilishi holida gemodializ koʻrsatilgan.

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri

De-Nolni qabul qilishdan oldin va keyin yarim soat davomida boshqa dori vositalarini ichga qoʻllash, shuningdek ovqat va suyuqlik, xususan antatsidlar, sut, meva va meva sharbatlarini qabul qilish mumkin emas. Bu ularni bir vaqtda qabul qilish De-Nolning samarasiga taʼsir koʻrsatishi bilan bogʻliq.

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni 8 haftadan ortiq qoʻllash mumkin emas. Shuningdek, davolash vaqtida kattalar va bolalar uchun belgilangan sutkalik dozadan oshirish tavsiya etilmaydi. De-Nol bilan davolash davrida vismut saqlovchi boshqa preparatlarni qoʻllash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozalarda preparat bilan davolash kursi tugaganida qon plazmasida taʼsir etuvchi moddaning konsentratsiyasi 3-58 mkg/l dan oshmaydi, zaharlanish esa
100 mkg/l dan ortiq konsentratsiyalarda kuzatiladi.

De-Nolni qabul qilishda vismut sulfidini hosil boʻlish oqibatida ahlat toʻq rangga boʻyalishi mumkin. Baʼzida tilni qisman toʻq rangga boʻyalishi aniqlanadi.

Chiqarilish shakli

8 tabletkadan alyumin folgali blisterda, 7 yoki 14 blisterlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratdan saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil. Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qoʻllanilmasin.

 

Dorixonalarda berish tartibi

Retseptsiz.

 

22610cookie-checkDE-NOL Tabletkalar

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »