Tibbiyot

Falajlikni davolasa bo’ladimi ?

Shveysariyalik neyrofiziologlar ilk bor orqa miyaning zararlangan bo‘lagiga “nuqtali” ta’sir ko‘rsatish orqali umurtqa pog‘onasi jarohatlangan uch nafar bemorning yurish qobiliyatini tiklay olishdi. Tajriba natijalari haqida Nature va Nature Medicine jurnallari ma’lum qildi.

Lozannadagi Oliy politexnika maktabi neyrofiziologi Greguar Kurtin va uning Sankt-Peterburdagi Fiziologiya institutidagi rossiyalik hamkasblari bir necha yil oldin falaj bo‘lgan kalamushlarning harakatlanish qobiliyatini jarrohlik aralashuvisiz tiklash usulini ishlab chiqishgandi. Ular orqa miya o‘ta jiddiy jarohatlangan taqdirda ham asab tolalarining bir qismi shikastlanmay qolishiga e’tibor qaratishgan.

Kurtin va uning hamkasblari bundan taxminan 4-5 yil ilgari baxtsiz hodisa oqibatida yurish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan uch nafar bemor bilan o‘tkazilgan tajriba natijalarini e’lon qilishdi.

Orqa miya zararlangan hududdagi nuqtaga ta’sir o‘tkazish orqali olimlar bemorlar bilan tajriba va mashqlar o‘tkaza boshlashdi. Ular bemorlarni ekzoskelet ichiga joylashtirishdi hamda ulardan yugurayotganliklarini tasavvur qilishlarini so‘rashdi va miyada ishlab chiqarilayotgan signallarni yozib olishdi.

Elektrodlar implantatsiya qilinganidan so‘ng Kurtin va uning hamkasblari yozib olingan signallarni bemorlarning orqa miyasiga yuborishdi va bir vaqtning o‘zida ularning oyoqlarini harakatlantirishdi. Bir haftadan so‘ng ko‘ngilli bemorlar tik turadigan va avtomatik tarzda qadam bosadigan bo‘lishdi, 2-3 haftadan keyin esa oyoqlarini o‘zlari istaganidek harakatlantira boshlashdi.

Besh oylik mashg‘ulotlardan so‘ng ularning barchasi ekzoskelet ichida bir necha soat davomida hech kimning yordamisiz o‘zlari bemalol yuradigan bo‘lishdi. Hozirda bemorlardan ikki nafari stimulyator yordamisiz mustaqil harakatlana olishmoqda.

99590cookie-checkFalajlikni davolasa bo’ladimi ?

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »