Salomatlik

Igna bilan davolash qanday kasalliklarda qo’llaniladi ?

Akupunktura – tibbiyotda igna bilan davolash (lotin tilida «akus» – igna, «punktura» – sanchish ma’nosini anglatadi) qadimda Xitoyda paydo bo‘lgan.

Xitoy mutaxassislari tana salomatligi undagi meridianlar orqali oqadigan hayot energiyasi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Inson tanasida 14 ta meridian bor, ularning barchasi ichki a’zolar va teri bilan bog‘langan, meridianlar orqali harakatlanayotgan energiyaning bloklanishi, a’zolarda va markaziy asab tizimida kasallik keltirib chiqaradi. Akupunktura ta’sirida blok yechiladi va energiya harakati tiklanadi. Bu esa kasallikning alomatlarini va ularning sababini yo‘q qiladi.

Akupunktura qanday samara beradi?
Akupunktura meridianlarda joylashgan biologik faol nuqtalarga ta’sir qiladi. Igna ham yuzaki, ham chuqur to‘qimalarga sanchiladi, mushak, pay, bo‘g‘im oldi sirtlarda joylashgan nerv tomirlari retseptorlariga ta’siri orqali asab tizimi funksional holatini o‘zgartiradi.

Igna bilan davolashning «asosi» – bemorning o‘zi
Sharq tabobati asosiy qoidalariga ko‘ra, inson shifo topishi uchun uning o‘zida cheksiz imkoniyatlar yaratilgan. Bioaktiv «nuqtalarga» mohirona ta’sir orqali tanada to‘g‘ri impulslar shakllantiriladi. Hosil bo‘lgan impulslar ichki a’zolar va asab tizimini optimal ishlashiga olib keladigan o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Shunday qilib organizmning tabiiy holati tiklanadi.

Qanday kasalliklarda igna muolajasi buyuriladi?
Akupunktura endorfin garmonlarini ko‘paytirishi natijasida og‘riqni to‘xtatadi, tinchlantiradi, stressni yo‘qotadi. Bundan tashqari, umumiy immunitetni faollashtiradi, limfa va qon aylanishini yaxshilaydi, qon bosimi, yurak va miya faoliyatini normallashtiradi. Insultni o‘tkazgan bemorlarning reabilitatsiya davrida samarali natija beradi. Igna bilan davolash nevrologik kasalliklar, psixologik holatlarda, hatto yosh bolalarda ham qo‘llaniladi.

92830cookie-checkIgna bilan davolash qanday kasalliklarda qo’llaniladi ?

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »