Salomatlik

Insult kasalligidan saqlanish bo’yicha tavsiyalar

So‘nggi paytlarda insult yoshlarda ham tez-tez uchramoqda, garchi ilgari bu kasallik keksa odamlardagina kuzatilgan bo‘lsa ham. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uning qurbonlarining uchdan bir qismini 65 yoshdan kichiklar tashkil etadi.

Insult nima?
Insult – bu bosh miyaga qon quyilishidir. Miya hujayralari kislorod olmaydi, shuning uchun organizm mushaklar ustidan nazoratni yo‘qotadi, xotira, falajlik va nutqning yo‘qotilishi kuzatiladi.

Bosimni nazorat qiling

Gipertoniya insultning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Shuning uchun qon bosimini muntazam ravishda tekshirib turish muhim. Agar qon bosimi tez-tez ko‘tarilmasa, yiliga bir necha marta uni o‘lchash kifoya qiladi, buning aksi bo‘lsa, shifokor shunga ko‘ra maslahat beradi.

To‘g‘ri ovqatlaning
Ratsiondan yurak va qon tomirlari uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar joy olgan bo‘lishi kerak: dukkaklilar, sabzavotlar, donlar, rezavorlar, yog‘li baliqlar. Ular bosimni nazorat ostida ushlab turishga yordam beradi. Shuningdek, kamroq tuz va ko‘proq kaliy iste’mol qilish yaxshidir.

Ko‘proq harakat qiling
Har bir insonni harakatsiz turmush tarzi yurak kasalliklari, diabet va boshqa sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Shu sababli yurak faoliyatini yaxshilash uchun tez-tez stuldan turish, yurish va cho‘kkalab o‘tirish kerak. Shuningdek, oddiy va yengil mashqlarga ham vaqt ajratish tavsiya etiladi.

Chekishni tashlang
Ateroskleroz – quyqalar arteriyalarni to‘sib qo‘yadi va kislorodning organlarga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Aterosklerozning sabablaridan biri tamaki tutunidagi kimyoviy moddalardir.

Estrogensiz tabletkalar qabul qiling
Shunda insult bo‘lish xavfi ham kamayadi. Agar iloji bo‘lsa, gormon terapiyasini umuman qo‘llamaslik yaxshiroq. Bu menopauza davriga ham tegishli, hamma narsa, albatta, shifokor bilan muhokama qilinishi kerak.

93370cookie-checkInsult kasalligidan saqlanish bo’yicha tavsiyalar

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »