Jigarimiz — bizning sogʻligimiz. U qonni tozalaydi, safro ishlab chiqaradi, zararli mikroorganizmlarga qarshi kurashadi, gormonlarni sintez yoʻli bilan hosil qiladi. Jigar aynan kechasi yaxshiroq ishlaydi, shu bois bu vaqtdan oqilona foydalanish lozim, deb yozadi “Rambler”.
Jigar bilan bogʻliq muammolarga oʻng biqindagi ogʻriq, ortiqcha vazn, hazm buzilishi, terining yomonlashishi va doimiy charchoq ishora qilishi mumkin.
1. Uyquga yotishdan oldin moychechakli choy iching: u nafaqat jigarni tozalaydi, balki tinchlanishga va tezroq uxlab qolishga yordam beradi.
Buning uchun bizga 1 osh qoshiq quritilgan moychechak guli va bir stakan suv kerak.
Moychechakni choy kabi damlaymiz va 10 daqiqa dam yediramiz. Mazasi uchun ichimlikka ozroq asal qoʻshish mumkin.
2. Zanjabil va limonli iliq ichimlik organizmni efir moyi va antioksidantlarga toʻyintiradi. Jigar yaxshiroq ishlaydi, toksinlarni chiqarib yuboradi va tozalanadi.
Buning uchun bizga 3 santimetr zanjabil ildizi, ikki boʻlak limon, 2 stakan suv kerak.
Suvni qaynatib, limon va zanjabilni solamiz. Ichimlikni 8 — 10 daqiqa past olovda qaynatamiz va sovitamiz.
3. Suli qaynatmasi jigarni tozalash va moddalar almashinuvini yaxshilash xususiyati bilan mashhur. Ayniqsa, uzoq kasallikdan soʻng jigarning tiklanishi uchun foydali.
Buning uchun bizga 2 stakan qipiqli suli, 1 litr suv kerak.
Sulini yaxshilab yuvamiz, lekin tozalamaymiz. Termosga solib, ustidan qaynoq suvni quyamiz. Damlama 10 — 12 soat turishi darkor. Soʻngra filtrdan oʻtkazib, yaxshilab yuvamiz va termosga quyamiz. Ustidan qaynoq suv quyib, 12 soat dam yediramiz. Filtrdan oʻtkazilgan ichimlikni asal aralashtirib isteʼmol qilinadi.
4. Kurkuma va olma sirkasi hazmni, shuningdek, jigar va oʻt pufagi faoliyatini yaxshilaydi. Faqat buning uchun uyda tayyorlangan olma sirkasidan foydalanish lozim.
Buning uchun bizga 1 osh qoshiq olma sirkasi, yarim choy qoshiq kurkuma, bir stakan suv, 1 choy qoshiq asal, 1 osh qoshiq apelsin sharbati kerak.