Bola parvarishi

Ko’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari

Agar navbatdagi emizishdan keyin godak ko’krakni qo´yib yuborsa, «qoniqqan» ko’rinishga ega bo’lsa, keyingi emizishgacha tinch uxlasa, demak sut unga yetarli bo´ladi. Sut hajmining yetarli ekanligining ob’ektiv belgilariga yosh normasi, tana vazniga qo´shilishi, boshqa antropometrik ko’rsatgichlarning ko’payishi, teri holatining yaxshiligi, yumshoq to´qimalar turgorining saqlanganligi, peshob va axlat ajralishining normal miqdori kiradi.

Bola hayotining birinchi 10-kunida kerakli sut miqdori yetuk tuhilgan bola uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi

N.P.Shabalov formulasi

bir  marta emizilgandagi  sut miqdori (ml) = 3ml x hayoti kuni x vazni(kg)

G.I.Zayseva  modifikasiyasiga ko’ra, N.F.Filatov formulasi

Sutkalik sut miqdori (ml)= 2% tana vazni x hayot kuni

Bola hayotining 10-kunidan boshlab, sutkalik sut miqdori ikki xil usul bilan hisoblanadi

Geybner-Cherni «hajmiy» usuli

Ovqat hajmi yoshi va tana vazniga bog´liq  holda tavsiya etiladi. Bunda tana vazni o’rtacha yosh normasiga mos kelishi kerak

Sutkalik sut  miqdori 1 litrdan oshmasligi kerak

  • 10 kundan 1,5 oygacha-faktik tana vaznining 1/5 qismi;
  • 1,5-4 oyda-1/6 qismi;
  • 4-6-oyda-1/7 qismi;
  • 6-12oyda-1/8 faktik tana vaznining qismlarini tashkil qiladi.

M.S.Maslov bo’yicha kaloriyali usul

Ovqatlanishning energiyali qiymati, bolaning 1 kg tana vazniga quyidagicha bolishi kerak
  • Yilning birinchi choragida – 120 kkal/kg  sutkada
  • Ikkinchi choragida – 115 kkal/kg sutkada
  • uchinchi choragida – 110 kkal/kg sutkada
  • Turtinchi choragida – 100 kkal/kg sutkada
  • Bir litr ko’krak sutida 700 kkal bor.

Bir martalik emizish hajmini aniqlash uchun=sutkalik ovqat hajmi/umumiy emizish soniga

Bir yoshgacha bo´lgan bola sutka davomida 1000-1100 mldan ortiq ovqat qabul hilmasligi kerak*

83590cookie-checkKo’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »