OG`RIQ VA BELGILAR

Koronavirusdan ( coviddan ) keyin soch to’kilishi sababi, davosi va oldini olish.

Agar siz koronavirusdan keyin har kuni soch to‘kilishi holati ortib borayotganini sezsangiz, unda quyidagi maslahatlar siz uchun.

Koronavirusdan keyingi tilanish surunkali yoki ma’lum kasalliklarga moyillikni kuchaytiradi. Shuning uchun soch to‘kilishi bilan androgenetik alopetsiya (erkak tipidagi soch to‘kilishi, asosan frontal va parietal zonalarda) boshlanishi mumkin. Shuningdek, bosh terisining butun yuzasida bir xil yo‘qotish boshlanishi mumkin.

Soch to‘kilishi me’yoriy holatmi?
Koronavirusdan keyin soch to‘kilishi kasallikdan keyin tez-tez uchraydigan shikoyatdir. U darhol boshlanmaydi, kasallikdan 1,5-2 oy o‘tib kuzatiladi. Kimdir buni darhol kasallik bilan bog‘laydi va mutaxassisga murojaat qiladi, kimdir sababini tushunmaydi, ikkilanadi yoki o‘zi davo choralarini qo‘llab ko‘radi.

Agar dush qabul qilgandan keyin, shuningdek, kuni bo‘yi kiyimlarda ham ularning miqdori ko‘p bo‘lsa, bu mutaxassisga murojaat qilish uchun navbatdagi bir signal. Agar taroqda 3-5 dona soch tolasi qolsa, bu tabiiy jarayon.

Qanday yo‘l tutish kerak?
Ushbu muammo qancha erta aniqlangan bo‘lsa, trixologga murojaat qilib, davolanish boshlansa, ko‘p soch to‘kilishining oldi olinadi. Shifokorlar tomonidan fizik tekshiruvlar, bir qator laboratoriya tahlillari va trixoskopiya (bosh terisini maxsus optik asbob bilan tekshirish) o‘tkaziladi.

Alopetsiya turiga va unga bog‘liq bo‘lgan holatlarga qarab, dori vositalarini qabul qilish orqali davolanish buyuriladi: tinchlantiruvchi vositalar (axir, bu holat ko‘pincha stress bilan bog‘liq), mikroelementlar, vitaminlar, aminokislotalar. Tashqi davolanish esa uyda parvarish qilish — shampun va kuchaytiruvchi yoki oziqlantiruvchi ampulalar bilan va in’eksiya bo‘lishi mumkin.

Birgalikda bu usullar yangi qon tomirlarining shakllanishini rag‘batlantiradi, soch follikulasiga ijobiy ta’sir qiladi, yallig‘lanishning oldini oladi va bosh terisining yog‘ ishlab chiqarishini tartibga soladi. Uzoq muddatli natijaga erishish uchun alopetsiyani davolash 2-3 oy davom etishi kerak.

Uy sharoitida davolanish
Koronavirusdan keyin vitaminlar har qanday holatda ham zarur: soch to‘kiladimi yoki yo‘qmi, muhim emas. Ammo tarkibida keratin, omega kislotalar va kollagen borlarini qabul qilish kerak. Ular soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolarni oldini olishga yordam beradi.

Boshni massaj qilish soch follikulalarini mustahkamlashga va soch o‘sishini rag‘batlantirishga mukammal yordam beradi. Buning uchun siz maxsus massaj cho‘tkasi sotib olish yoki har kuni barmoqlar bilan boshni massaj qilishingiz mumkin. Asosiy qoida shundaki, qon aylanishi yaxshilanishi kerak, bu kerakli mikroelement va vitaminlarni yetkazib beradi.

89360cookie-checkKoronavirusdan ( coviddan ) keyin soch to’kilishi sababi, davosi va oldini olish.

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »