Tibbiyot

Limon foydali xususiyatlari haqida

Limonning xushtaʼmligi insonlarga zavq berishi bilan birga shifobaxshligi koʻpchilikka maʼlumdir. Xalq tabobatida limon qon bosimi koʻtarilganda, oshqozon-ichak kasalliklarida, podagra, ateroskleroz, oʻpka sili, nafas yoʻllari shamollaganda, gepatit, bavosir, siydik yoʻllaridagi toshlarni eritishda, tana haroratini tushirishda, bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Limonning hidi asablarni tinchlantirish xususiyatiga egadir. Gulini hidlash esa homilador ayollardagi toksikozning yengil kechishida yordam beradi.

Limon – rutadoshlar oilasiga mansub boʻlib, boʻyi 2-3,5 metrgacha boʻladi. Gullari mayda, oq, hidi xushboʻy. Limon mevasi tarkibi efir moyi, organik kislotalar, qandlar, karotin, pektin, flavonoid, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va bir qator vitaminlardan iborat.

Limonning siqib olingan suvi:

  • rangni toza qilib, sepkilni ketkazadi;
  • teri kasalliklaridan temiratkiga surtilsa davo boʻladi;
  • koʻzning sariqligini ketkazadi;
  • gipertoniyada qon bosimini moʻtadillashtiradi;
  • gepatit (sariq kasalligi) da yordam beradi;
  • meʼdani toza qiladi.

Limon sharbati:

  • ishtahani ochadi;
  • bezgak bilan ogʻrigan bemorlarning haroratini tushirishda yordam beradi;
  • oshqozon-ichak kasalliklarida, hazmni yaxshilash uchun ichiladi;
  • organizmda mineral tuzlarning almashinuvi buzilganida davo boʻladi;
  • angina, faringit, gripp va nafas yoʻllarining shamollashida ishlatiladi;
  • limon sharbatini uch-toʻrt qoshiq nahorda isteʼmol qilish organizmdagi oʻsmalar oʻsishini toʻxtatishi mumkin.

Barglari:

  • meʼda va ichki aʼzolarini kuchli qiladi;
  • gipertoniyada;
  • qand kasalligida davo boʻladi.

Guli:

  • Gulini hidlansa kayfiyatni koʻtaradi;
  • Homilador ayollarda toksikozning yengil kechishida yordam beradi.

Limonning yogʻi:

  • asabning boʻshashganida yordam beradi;
  • falajga davo boʻladi.

Limon qobigʻi:

– qobigʻini ogʻizda tutib turilsa, hidni ketkazadi;

– kiyimga qoʻyilsa kuya tushishdan saqlaydi;

– turli konditer pishiriqlar pishirishda ham foydalaniladi;

– limon qobigʻini quritib, quruq choy idishi ichiga solinsa, choy damlaganda xushboʻy hid kelib turadi.

Limon oʻsimligining barglari, novdalari, meva qobigʻidan efir moyi olinib, undan oziq-ovqat, parfyumeriya hamda farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Farmatsevtika sohasida limonning efir moyidan ayrim dori-darmonlarning taʼmini yaxshilashda foydalaniladi.

SALOMATLIK UCHUN ODDIY TAVSIYALAR:

Tanadagi tuzlarni haydashda – uch dona limonni poʻstlogʻi bilan va 150 gramm tozalangan sarimsoqpiyozni qiymalagichdan chiqariladi. Soʻng 1 litrli shisha idishga solib, ustidan 0,5 litr qaynatib, sovitilgan suv quyiladi. Bir sutkadan keyin dokadan oʻtkazib, xomashyoni siqib olgach, banka qopqogʻini mahkam yopib, qorongʻi joyda saqlanadi. Davo uchun ushbu suyuqlikdan har kuni ertalab 50 ml.dan iching.

Yurak quvvatli boʻlishi uchun – 6 limonni qobigʻi bilan qiymalagichdan oʻtkaziladi va 1 kg asal bilan aralashtiriladi, 1 bosh sarimsoqpiyozni maydalab, qoʻshiladi. Aralashmani shisha bankaga solib, qorongʻi, salqin joyda 1 hafta saqlanadi. Har kuni nahorga 1 osh qoshiqda isteʼmol qilinadi.

Uyqusizlikda – bir stakan mineral suvga bir osh qoshiq asal, yarimta limon sharbatini aralashtirib, ertalab och qoringa 7 kun davomida ichiladi.

Tuzlarni eritishda – 250 gramm petrushka bargi va ildizi, 150 gramm limon poʻstlogʻini qiyma maydalagichdan oʻtkaziladi. Unga 300 gramm asal quyib aralashtiriladi. Aralashmani 1 kun tindirilib, bir kunda 3 mahal ovqatdan bir soat oldin 1 osh qoshiqdan isteʼmol qilinadi. Davolanish muddati 3 oy. Soʻng bir oy tanaffus qilib yana takrorlanadi. Jami muolajalar soni 3-4 taga yetkaziladi.

Bosh miyani oziqlantirish uchun – 150 gramm qirgʻichdan chiqarilgan olmani 2 choy qoshiq limon suvi va 2 choy qoshiq asalga aralashtiriladi. Aralashmaga 10 ta yongʻoqni maydalab qoʻshiladi. Bir kishi uchun bir kunlik miqdor.

87070cookie-checkLimon foydali xususiyatlari haqida

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »