DORILAR YORIQNOMASI Renin-angiotenzin tizimini susaytiruvchi dorilar

Lorista® N 100

Ilova-varaqa: Patsiyent uchun maʼlumot

Lorista® N 100, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Lozaratan kaliy/gidroxlorotiazid

 

Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin bu ilova-varaqani hammasini diqqat bilan toʻliq oʻqib chiqing, chunki u Siz uchun muhim maʼlumotni saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qoʻying. Sizga uni yana oʻqib chiqish kerak boʻlishi mumkin.
  • Agar Sizda qoʻshimcha savollar paydo boʻlsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
  • Bu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto agar Sizda kasallikni oʻxshash belgilari aniqlansa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda nojoʻya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu ushbu ilova-varaqada koʻrsatilmagan nojoʻya samaralarga ham taalluqli. 4 boʻlimga qarang.

Ushbu ilova-varaqada qanday maʼlumotlar saqlanadi

  1. Lorista® N 100 preparati nima va u nima uchun moʻljallangan
  2. Siz Lorista® N 100 preparatini qoʻllashni boshlashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak
  3. Lorista® N 100 preparatini qanday qoʻllash kerak
  4. Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar
  5. Lorista® N 100 preparatini qanday saqlash kerak
  6. Oʻram ichidagisi va boshqa maʼlumot
  1. Lorista® N 100 preparati nima va u nima uchun moʻljallangan

Lorista® N preparati angiotenzin II retseptorlarini antagonisti (lozartan) va diuretikning (gidroxlorotiazid) majmuasidir. Angiotenzin II – organizmda ishlab chiqariladigan modda boʻlib, u qon tomirlarni torayishiga majburlab, retseptorlar bilan bogʻlanadi. Bu arterial qon bosimini oshishiga olib keladi. Lozartan angiotenzinni bu retseptorlar bilan bogʻlanishini bartaraf qilib qon tomirlarini boʻshashiga olib keladi, bu esa oʻz navbatida arterial bosimini pasaytiradi. Gidroxlorotiazidning taʼsiri buyraklar orqali suv va tuzni koʻp miqdorda oʻtkazilishiga bogʻliq. Bu ham arterial bosimni tushishiga yordam beradi. Lorista® N gipertoniya kasalligini davolash uchun (arterial bosimini oshishi) qoʻllanadi.

2.Siz Lorista® N 100 preparatini qoʻllashni boshlashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak

Lorista® N 100 preparatini qabul qilmang:

  • agar Sizda lozartanga va/ yoki gidroxlorotiazidga, yoki ushbu preparatning boshqa komponentlariga (6 boʻlimda sanab oʻtilgan) allergiya boʻlsa;
  • agar Sizda boshqa sulfanilamid hosilalariga (masalan, boshqa tiazidlarga, ko-trimaksazol kabi ayrim antibakterial preparatlarga, agar Sizni ishonchingiz komil boʻlmasa shifokoringizdan soʻrang) allergiya boʻlsa,
  • agar Sizda jigar funksiyasini ogʻir buzilishi boʻlsa,
  • agar Sizda kaliyni past darajasi, davolanganda toʻgʻrilanmaydigan natriyning past darajasi yoki kalsiyni yuqori darajasi boʻlsa,
  • agar Siz podagra bilan xastalangan boʻlsangiz,
  • agar Siz 3 va undan koʻp oydan beri homilador boʻlsangiz (shuningdek yaxshisi Lorista® N 100 preparatini homiladorlikni erta muddatlarida qoʻllashdan saqlanishingiz kerak – “Homiladorlik” boʻlimiga qarang),
  • agar Sizda buyrak funksiyasini ogʻir buzilishi boʻlsa yoki sizni buyraklaringiz siydik ishlab chiqarmasa,
  • agar Sizda diabet yoki buyrak funksiyasini buzilishi boʻlsa yoki Siz arterial bosimini pasaytirish uchun aliskiren saqlagan preparatlarni qoʻllayotgan boʻlsangiz .

Maxsus koʻrsatmalar

Lorista® N 100 preparatini qoʻllashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz oʻzingizni homiladorman deb hisoblasangiz (yoki homilador boʻlishingiz mumkin boʻlsa) shifokorni xabardor qilish kerak.

Lorista® N 100 preparatini homiladorlikning erta muddatida tavsiya qilinmaydi va      3 oydan katta muddatdagi homiladorlikda qoʻllanmaydi, chunki uni bu davrda qoʻllash bolaga jiddiy zarar keltirishi mumkin (“Homiladorlik” boʻlimiga qarang).

Lorista® N 100 preparatini  qoʻllashni boshlashdan avval bu vaqtda shifokoringizga xabar qilishingiz muhim:

  • agar ilgari Sizda yuz, lab, tomoq yoki tilni shishi rivojlangan boʻlsa,
  • agar Siz diuretiklarni (siydik haydovchi vositalar) qabul qilayotgan boʻlsangiz,
  • agar Siz tuz cheklangan parhezda boʻlsangiz,
  • agar Sizda kuchli qusish va/yoki diareya boʻlsa yoki boʻlgan boʻlsa,
  • agar Siz yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan boʻlsangiz,
  • agar Sizda jigar funksiyasini buzilishi boʻlsa (2. “Lorista® N 100 preparatini qoʻllamang” boʻlimiga qarang),
  • agar Sizda buyrak arteriyalarining torayishi (buyrak arteriyalarini stenozi) yoki faqat bitta faoliyat koʻrsatayotgan buyrak boʻlsa, yoki yaqinda Siz buyrak koʻchirib oʻtkazilganligini boshdan kechirgan boʻlsangiz,
  • agar Sizda arteriyalarni torayishi (ateroskleroz), stenokardiya (yurakni yaxshi ishlashi tufayli koʻkrakda ogʻriq) boʻlsa,
  • agar Sizda “aortal yoki mitral klapanini stenozi” (yurak klapanlarini torayishi) yoki “gipertrofik kardiomiopatiya” (yurak mushaklarini qalinlashishini chaqiradigan kasallik) boʻlsa,
  • agar Sizda qandli diabet boʻlsa,
  • agar Sizda podagra boʻlgan boʻlsa,
  • agar Sizda allergik reaksiyalar, astma yoki boʻgʻimlarda ogʻriq chaqiradigan kasalliklar, teri toshmalari va isitma (tizimli qizil yugurik) boʻlsa yoki boʻlgan boʻlsa,
  • agar Sizda kalsiyni yuqori darajasi va kaliyni past darajasi boʻlsa yoki Siz kaliyni miqdori past boʻlgan parhezda boʻlsangiz,
  • agar Sizda anesteziyani bajarish kerak boʻlsa (xatto stomatologga borganda) yoki operatsiyadan oldin, yoki agar Siz qalqonsimon oldi bezining funksiyasini tekshirish uchun tahlillarni topshirmoqchi boʻlsangiz, Siz lozartan kaliy va gidroxlorotiazid saqlagan tabletkalarni qoʻllayotganingizni haqida shifokorga yoki tibbiyot xodimiga xabar qilishingiz kerak,
  • agar Siz birlamchi giperaldosteronizm (buyrak usti bezlarining bu bezlardagi oʻzgarishlar chaqirgan aldosteron gormonining yuqori sekretsiyasi, bilan bogʻliq sindrom) bilan xastalangan boʻlsangiz,
  • agar Siz yuqori arterial bosimini davolash uchun quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz:
    • AAF ingibitorlarini (masalan, enalapril, lizinopril, ramipril), xususan agar Sizda qandli diabet bilan bogʻliq buyraklar tomonidan buzilishlar aniqlangan boʻlsa,
    • aliskiren.

Sizni shifokoringiz buyraklaringizni funksiyasini, arterial bosimni va qonda elektrolitlarni miqdorini (masalan, kaliy) muntazam intervallarda tekshirish mumkin. Shuningdek “Lorista® N 100 preparatini qoʻllanmasin” sarlavhasi ostida maʼlumotga qarang.

 

Bolalarda va oʻsmirlarda qoʻllanishi

Bolalarda Lorista® N 100 preparatini qoʻllash tajribasi yoʻq. Shuning uchun Lorista® N 100 preparatini bolalarda qoʻllash kerak emas.

Boshqa dori preparatlari va Lorista® N 100

Agar Siz boshqa preparatlarni qoʻllayotgan, yaqinda qoʻllagan yoki qoʻllashni rejalashtirilgan boʻlsangiz shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar qiling. Lorista® N 100 preparatida saqlanadigan gidroxlorotiazid kabi diuretiklar boshqa dori preparatlari bilan oʻzaro taʼsirlashishi mumkin.

Litiy saqlagan preparatlarni Lorista® N 100 preparati bilan bir vaqtda shifokorni sinchkov kuzatuvisiz qabul qilmaslik kerak.

Agar Siz kaliy preparatlarini, kaliy saqlovchi tuz oʻrnini bosuvchilarni yoki kaliy tejovchi preparatlarni, boshqa diuretiklarni (siydik haydovchi vositalar), ayrim surgi vositalarini, podagrani davolash uchun dori preparatlarini, yurak ritmini yoki qandli diabetni nazorat qilish uchun dori preparatlarni (ichga qabul qilish uchun preparatlar yoki insulinlar) qoʻllayotgan boʻlsangiz maxsus ehtiyotkorlik choralari (masalan, qon tahlillari) maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.

Sizni shifokoringiz buyurilgan dozani oʻzgartirishi va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi mumkin.

  • AAF ingibitorlarini yoki aliskirenni qoʻllanganda (shuningdek “Lorista® N 100 preparatini qoʻllamang” va “Maxsus koʻrsatmalar” sarlavhasi ostidagi maʼlumotlarga qarang).

Shuningdek, agar Siz quyidagi preparatlarni qoʻllayotgan boʻlsangiz bu haqda shifokorga xabar qilishingiz muhim:

  • arterial qon bosimini tushirish uchun boshqa preparatlar,
  • steroidlar,
  • rakni davolash uchun preparatlar,
  • ogʻriq qoldiruvchi preparatlar,
  • zamburugʻli infeksiyalarni davolash uchun preparatlar,
  • artritni davolash uchun preparatlar,
  • kolestiramin kabi xolesterinni darajasini tushirish uchun qoʻllanadigan katronlar,
  • mushaklarni boʻshashtiruvchi preparatlar,
  • uxlatuvchi vositalar,
  • morfin kabi opioid preparatlar,
  • adrenalin kabi “pressor aminlari” yoki xuddi shu guruhdagi boshqa preparatlar,
  • diabetni davolash uchun ichga qabul uchun preparatlar yoki insulinlar.

Agar rentgenologik muolajalar oʻtkaziladigan boʻlsa va yodli kontrast moddani yuboriladigan boʻlsa, iltimos Siz shuningdek marhamat qilib oʻz shifokoringizga Lorista® N 100 preparatini qoʻllayotganligingiz xaqida xabar qiling.

 

Lorista® N 100 preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish

Sizga bu tabletkalarni qabul qilish vaqtida alkogolni qoʻllash tavsiya qilinmaydi: alkogol va Lorista® N 100 tabletkalari bir-birini taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Osh tuzi haddan ziyod miqdorda Lorista® N 100 tabletkalari preparatini taʼsirini neytrallashtirishi mumkin. Lorista® N 100 tabletkalarini ovqatni qabul qilishdan qatʼiy nazar qoʻllash mumkin.

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador boʻlsangiz yoki emizsangiz, homilador boʻlishingiz mumkinligini taxmin qilsangiz, ushbu dori preparatini qoʻllashdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik

Agar Siz homilador boʻlsangiz (yoki homilador boʻlishingiz mumkin boʻlsa) shifokorni xabardor qilish kerak. Sizni shifokoringiz odatda Sizga Lorista® N 100 preparatini qabul qilishni homiladorlik boshlanishdan oldin yoki darhol Sizni homilador ekanligizni bilgan zahoti toʻxtatish kerakligi toʻgʻrisida maslahat beradi va Sizga Lorista® N 100 preparatini oʻrniga boshqa preparatni qoʻllash toʻgʻrisida maslahat beradi. Lorista® N 100 homiladorlikni erta bosqichida tavsiya qilinmaydi va Siz uni 3 oydan koʻp muddatdagi homiladorlikda qoʻllamasligingiz kerak, chunki bu agar Siz preparatni homiladorlikni uch oyli muddatdan keyin qoʻllaydigan boʻlsangiz, Sizni bolangizga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

Emizish davri

Agar Siz emizsangiz yoki emizishni boshlashni rejalashtirsangiz shifokorga xabar qiling Lorista® N 100 ni emizikli onalarga tavsiya qilinmaydi, va agar Siz emizishni hohlasangiz shifokoringiz Sizga boshqa preparatni tanlab berishi mumkin.

Keksa yoshdagi shaxslarda qoʻllanishi

Lorista® N 100 koʻpchilik keksa patsiyentlarga va yosh patsiyentlarga bir xil yaxshi taʼsir qiladi va ularda bir xil yaxshi oʻzlashtiriladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarni koʻpchiligiga yosh patsiyentlardagi xuddi shunday doza talab qilinadi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash

Siz bu preparat bilan davolashni boshlasangiz, Siz alohida eʼtiborni talab qilish mumkin boʻlgan topshiriqlarni (masalan, transport vositalarini boshqarish yoki xavfli qurilmalarni ekspluatatsiya qilish) buyurilgan preparatni qanday oʻzlashtiraolishingizni bilmaguningizcha bajarmasligingiz kerak.

Lorista® N 100 laktoza saqlaydi.

Agar Sizni shifokoringiz Sizda ayrim qandlarni oʻzlashtiraolmaslik borligini aytsa, ushbu dori preparatini qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.

  1. Lorista® N 100 preparatini qanday qoʻllash kerak

Preparatni har doim shifokor yoki farmatsevt Sizga qanday buyurgan boʻlsa, shunday aniqlik bilan qoʻllash kerak. Agar Sizda shubhalar paydo boʻlgan boʻlsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Sizni shifokoringiz Sizni holatingizga va Sizni boshqa preparatlarni qoʻllayotganingizga qarab, Lorista® N 100 preparatini muvofiq dozalarini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Sizni shifokoringizni Lorista® N 100 preparatini arterial qon bosimini bir maromda nazorat qilinishini taʼminlash uchun buyurgan zarur boʻlgan muddat davomida qoʻllashni davom ettirish muhim.

Yuqori arterial bosimi

Yuqori arterial bosimi boʻlgan patsiyentlarning koʻpchiligi uchun Lozartan/GXT ni arterial bosimini 24 soat davomida nazorat qilish uchun tavsiya qilinadigan dozasi sutkada lozartan/GXT 50 mg/12,5 mg tabletkasi tashkil qiladi. Bu dozani lozartan/GXT 50 mg/12,5 mg qobiq bilan qoplangan tabletka uchun 2 tabletkadan sutkada bir martagacha oshirish, yoki Lozartan/GXT 100 mg/25 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (yanada yuqori doza) uchun sutkada 1 tabletkagacha oʻzgartirish mumkin. Lozartan/GXT 50 mg/12,5 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar uchun maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 1 martani yoki lozartan/GXT 100 mg/25 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (yanada yuqori doza) uchun sutkada 1 tabletkani tashkil qiladi.

Lorista® N 100 100 mg/12,5 mg (lozartan/GXT 100 mg/12,5 mg) plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati arterial qon bosimini qoʻshimcha nazorat qilish zarur boʻlgan hollarda lozartanni dozasini 100 mggacha oshirilgan patsiyentlar uchun mumkin.

Agar Siz Lorista® N 100 preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan boʻlsangiz

Dozani oshirib yuborilish hollarida tezda tibbiy yordam koʻrsatishni mumkin boʻlishi uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Dozani oshirib yuborilishi arterial qon bosimini pasayishini, yurak urishini his qilish, pulsni sekinlashishini va suvsizlanishini chaqirishi mumkin.

Agar Siz Lorista® N 100 preparatini qoʻllashni unutgan boʻlsangiz

Lorista® N 100 preparatini har kuni shifokorni koʻrsatmasiga muvofiq qoʻllashga harakat qiling. Ammo Siz preparat qabulini oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, preparatni qoʻshimcha dozada qabul qilmang, odatdagi sxemaga qayting. Agar Sizda ushbu preparatni qoʻllanishga nisbatan qoʻshimcha savollar paydo boʻlsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

  1. Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar

Barcha dori vositalariga xos ushbu preparat ham, garchi hammada boʻlmasa ham, uchramasa ham nojoʻya samaralarni chaqirishi mumkin.

Agar Sizda quyidagi simptomlar rivojlansa, Lorista® N 100 preparatini qabul qilishni toʻxtating va darhol bu haqida shifokorga xabar bering yoki yaqindagi kasalxonani shoshilinch yordam boʻlimiga murojaat qiling:

Ogʻir allergik reaksiyalar (toshma, qichishish, yuz, lab, ogʻiz yoki tomoqni shishi, bu yutishda yoki nafas olishda qiyinchilik tugʻdirishi mumkin). Bu jiddiy, ammo kam uchraydigan nojoʻya samara boʻlib, u 10000 patsiyentdan 1 dan koʻpida, ammo 1000 patsiyentdan 1 dan kamida uchraydi. Sizga tibbiy yordam yoki gospitilizatsiya talab qilinishi mumkin. Quyidagi nojoʻya samaralar aniqlangan:

Tez-tez (10 odamdan 1 da paydo boʻlishi mumkin):

  • Yoʻtal, yuqori nafas yoʻllarini infeksiyalari, burunni bitishi, sinusit, gaymorit,
  • Diareya, qorinda ogʻriq, koʻngil aynishi, ovqatni hazm boʻlmasligi,
  • Mushak ogʻriqlari,va tirishishlar, oyoqlarda ogʻriq, belda ogʻriq,
  • Uyqusizlik, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi,
  • Holsizlik, charchoqlik, koʻkrakda ogʻriq,
  • Kaliyni darajasini oshishi (bu yurak ritmini buzilishini chaqirishi mumkin), gemoglobin darajasini pasayishi,
  • Buyrak funksiyasini oʻzgarishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi,
  • Qonda qandni haddan ziyod past darajasi (gipoglikemiya).

Tez-tez emas (100 odamdan 1 da paydo boʻlishi mumkin):

  • Anemiya, terida qizil yoki jigarrang dogʻlar (baʼzida, xususan panjalarda, oyoqlarda, qoʻllarda va dumbada, boʻgʻimlarda ogʻriq bilan, barmoqlarni va tovonni shishi bilan va meʼdada ogʻriq bilan), qontalashlar, leykotsitlar sonini kamayishi, qon ivishini buzilishi, trombotsitlar sonini kamayishi.
  • Ishtahani yoʻqolishi, siydik kislotasi darajasini oshishi va yaqqol podagra, qonda qand darajasini oshishi, qonda elektrolitlar darajasini normadan oʻzgarishi.
  • Bezovtalanish, asabiylashish, vahimali buzilishlar (qaytalanuvchan vahimalar xuruji), ongni chalkashishi, depressiya, patologik tush koʻrishlar, uyquni buzilishi, uyquchanlik, xotirani yomonlashuvi.
  • Achishish yoki shunga oʻxshash hisslar, oyoq-qoʻllarda ogʻriq, titrash, migren, hushdan ketish.
  • Koʻrish noaniqligi, achishish yoki koʻzlarni sanchib ogʻrishi, konʼyunktivit, koʻrishni buzilishi, buyumlarni sariq rangda koʻrish.
  • Quloqlarni jaranglashi, gʻuvillash yoki chirsillash, vertigo.
  • Past arterial qon bosimi, u tana holatini oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin

(turmoqchi boʻlganda yengil bosh aylanishi yoki holsizlik hissi, stenokardiya

(koʻkrakda ogʻriq), yurak ritmini buzilishi, bosh miyada qon aylanishini oʻtkir buzilishi (TIA, “mikroinsult”), yurak xuruji, yurak urishini his qilish.

  • Qon tomirlarini yalligʻlanishi, ular koʻpincha teri toshmasi yoki qontalashlar bilan kechadi.
  • Tomoqda ogʻriq, hansirash, bronxit, pnevmoniya, oʻpkalarda suyuqlik (bu nafas olishni qiyinlashishini chaqiradi), burundan qon ketishi, tumov, burunni bitishi.
  • Qabziyat, ichak tutilishi, meteorizm, meʼdani buzilishi, meʼdada spazm, qusish, ogʻizni qurishi, soʻlak bezlarini yalligʻlanishi, tish ogʻrigʻi.
  • Sariqlik, (koʻzlarni va terini sargʻayishi), meʼda osti bezini yalligʻlanishi.
  • Eshakemi, qichishish, terini yalligʻlanishi, toshma, terini qizarishi, yorugʻlikka yuqori sezuvchanlik, terini qurishi, yuzni qizarishi, terlash, sochni toʻkilishi.
  • Qoʻllarda, yelkada, sonda, tizza yoki boshqa boʻgʻimlarda ogʻriqlar, boʻgʻimlarni shishi, taranglik, mushak zaifligi.
  • Tez-tez siyish, shu jumladan tungi vaqtda, buyrak funksiyasini buzilishi, shu jumladan buyraklarni yalligʻlanishi, siydik chiqarish yoʻllarini infeksiyalari, siydikda qand.
  • Jinsiy maylni pasayishi, impotensiya
  • Yuzni shishi, lokal shish (shish), isitma.

Kam hollarda (1000 odamdan 1 da paydo boʻlishi mumkin) hollarda:

  • Gepatit (jigarni yalligʻlanishi), jigar funksiyasi koʻrsatkichlarini normadan oʻzgarishi.

Nomaʼlum (mavjud maʼlumotlarga asosan  aniqlash mumkin emas):

  • Grippsimon simptomlar.
  • Tushuntirib boʻlmaydigan mushak ogʻriqlari, toʻq (choy rangida) siydik
  • (rabdomioliz).
  • Qonda natriyning past darajasi (giponatriyemiya).
  • Umumiy holatni yomonlashuvi (quvvatsizlik).
  • Taʼmni buzilishi (disgevziya).

 

  1. Lorista® N 100 preparatini qanday saqlash kerak

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Ushbu preparatni oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuniga toʻgʻri keladi.

30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Dori preparatlarini kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborish mumkin emas. Siz qoʻllanmaydigan boshqa dori preparatlarini qanday utilizatsiya qilinishi haqida farmatsevtdan soʻrang. Bunday choralar atrof muhitni himoya qilinishiga yordam beradi.

 

  1. Oʻram ichidagisi va boshqa maʼlumot

Lorista® N 100 preparatining tarkibiga nima kiradi

  • Taʼsir etuvchi moddalar: lozartan kaliy va gidroxlorotiazid. Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 100 mg lozartan kaliyni va 12,5 mg gidroxlorotiazidni saqlaydi.
  • Yordamchi moddalar:

yadrosi: jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, magniy stearati.

qobigʻi: gipromelloza, makrogol 4000, talk va titan dioksidi (Ye171).

 

 

 

Lorista® N 100 preparati va oʻram ichidagi qanday koʻrinishga ega

Lorista® N 100 tabletkalari: oq, oval, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

10 yoki 14 tabletkadan PVX/PVDX folgali va alyumin folgali blisterda.

3 yoki 6 blisterdan (10 tabletkadan blisterda) ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yoki 4 blisterdan (14 tabletkadan blisterda) ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.

Berish tartibi

Shifokor retsepti bilan beriladi.

Манба: tibbiyot.info

2440cookie-checkLorista® N 100

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »