Qon bosimini tushiruvchi dorilar

Magniy sulfati eritmasi haqida ma’lumot – tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi, qarshi ko’rsatmalar, nojo’ya ta’siri.

QOʻLLASH  BOʻYICHA YOʻRIQNOMASI

MAGNIY SULFATI

MAGNESII SULFATIS

 

Preparatning savdo nomi: Magniy sulfati

Taʼsir etuvchi modda (XPN): magniy sulfati

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: magniya sulfata – 2,5 g;

yordamchi moddalar: inyeksiya uchun suv 10 ml gacha.

Taʼrifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigipertenziv vositalar.

ATX kodi: B05XA05

 

Farmakologik xususiyatlari

Parenteral yuborilganda preparat MNT ga tinchlantiruvchi taʼsir
koʻrsatadi (dozaga bogʻlik holda – sedativ, uxlatuvchi yoki narkotik), nerv-mushak oʻtkazuvchanligini susaytiradi (xatto kurare taʼsiri kabi xolatgacha),arterial bosimni pasaytiradi, diurezni kuchaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganidan keyin qon plazmasi oqsillari bilan
bogʻlanishi 25-30% ni tashkil etadi. Barcha organ va toʻqimalarga oʻtadi, gematoensefalik va platsentar toʻsiqlar orqali oʻtadi. Asosan buyraklar orqali, shuningdek ahlat, soʻlak va sut bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Eklampsiya va ogʻir preeklampsiyadagi tirishish sindromi, bachadon tetanusi, siyishni tutilishi, qoʻrgʻoshin sanchigʻi, gipomagniyemiya, shuningdek faqat parenteral ozuqa olayotgan bemorlardagi, gipertonik kriz, tutqanok xolati, simob, margumush va tetraetilqoʻrgʻoshin bilan zaxarlanish (majmuaviy davolash tarkibida).

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preeklampsiya va  eklampsiya: doza klinik xolatga qarab shaxsiy belgilanadi. Toʻyinish dozasi: 2-4 g 5-20 minut  davomida vena ichiga infuziya. Tutib turuvchi doza: 1-2 g – 1 soatda.

Bachadon tetaniyasi: Toʻyinish dozasi 20 minutda 4 g infuziya. Tutib turuvchi doza dastlab 1 soatda 1-2 g, soʻngra 1 soatda 1 g (24-72 soat davomida tomchilab yuborsa xam boʻladi).

Gipomagniyemiya: yengil – sutkalik dozasi 1-2 g mushak orasiga. Bu doza bir martda yoki 2-3 ga boʻlib yuboriladi. Yuborish joylarini almashtirib turish lozim. Ogʻiri – boshlangich doza 5 g vena ichiga (sekin!) 1 l infuzion eritmada. Soʻngra qon zardobidagi magniy konsentratsiyasiga qarab belgilanadi.

Faqat parenteral oziqlanuvchi bemorlar gipomagniyemiyasining oldini olish: agar ozuqa eritmalarda  magniy boʻlmasa, uni qoʻshimcha qilinadi. Sutkalik doza 1,5-4 g,  odatda 1 l parenteral oziqlanish  eritmasi uchun 1g magniy sulfat qoʻshiladi, Gipertonik kriz: 2-4 g mushak orasiga yoki vena ichiga (sekin!).

Qoʻrgʻoshin sanchigʻi yoki oʻtkir peshob tutilishi: 0,5 g mushak orasiga yoki tomir ichiga.

qoʻrgʻoshin sanchigʻi, yeki oʻtkir siyishni tutilishi: 0,5g mushak orasiga yeki vena ichiga.

Tutqanok xolati, simob, margumush va tetraetilqoʻrgʻoshin bilan zaxarlanish: 0,5-1,0 g vena ichiga.

Magniy sulfatni qayta inyeksiya qilishdan oldin tizza refleksini tekshirish lozim. Agar refleks yoʻqolgan boʻlsa, preparatni yuborish mumkin emas!

Magniy sulfatni yuqori sutkalik dozasi buyrakni normal-faoliyatida

kattalar uchun 40 g. Buyrak faoliyati oir buzilganda 48 soat davomida  20 g dan koʻp emas.

Izox:

Magniy sulfat dozalari grammlarda koʻrsatilgan. Ularga quyidagi eritma miqdori mos keladi: 1 g- 4 ml (25%), 2 g-  8 ml (25%), 3 g- 12 ml (25%), 10 g- 40 ml (25%), 15 g-60 ml

(25%), 20 g- 80 ml (25%), 30 g- 120 ml (25%),40 g-160 ml (25%).

Magniy sulfatning ampuladagi eritmasi  natriy xloridni 0,9% yoki glyukozani (dekstroza) 5% inyeksion eritmasi bilan suyultiriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Terida nuqta-nuqta toshmalar koʻrinishidagi oʻta sezuvchanlik reaksiyasi. Gipermagniyemiya: koʻngil aynishi, qusish, teri qoplamalarini qizarishi, chanqash, uyquchanlik, ongni chalkashishi, gipotenziya, gipotermiya, mushak tonusini susayishi, pay reflekslarini susayishi, nafas tezligining sekinlashishi, yurak urishining kamayishi va yurak aritmiyasi, yurak toʻxtashi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Atrioventrikulyar blokada; yurak mushagining shikastlanishi, buyrak yetishmovchiligi  (kreatinin  klirensi 20 ml/min dan  kam), gipotenziya, kalsiy yetishmovchiligiga va nafas markazini susayishi bilan  bogʻlik  boʻlgan xolatlar; preparatga boʻlgan yuqori sezuvchanlik.

Preparatning 25% eritmasini bolalarga mushak orasiga yuborish tavsiya etilmaydi.

Preparatni xomila tugʻilishidan 2 soat oldin yuborish tavsiya etilmaydi (faqat boshka dori vositalari yordamida tirishishni toʻxtatib boʻlmasa,qoʻllash mumkin).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat birga yuborilganida sedativ vositalar, narkotiklar, analgetiklar va miorelaksantlar taʼsirini kuchaytiradi, kalsiy tuzlari taʼsirini susaytiradi. Nifedipin(Korinfar, Adalat, Nifekard v.b.) bilan qoʻshish ogʻir gipotenziya va nerv-muskul oʻtkazuvchanligini blokadasiga olib keladi.

Maxsus koʻrsatmalar

Nafas markazini falajiga osonlikcha olib keladigan zaxarli konsentratsiya xosil boʻlmasligi uchun preparat extiyotkorlik bilan qoʻllanilishi kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar va qariyalarda preparatni kamroq dozalarda extiyotkorlik bilan koʻllash lozim.

Magniy sulfat qoʻllanilganida texnetsiy yuborilib oʻtkaziladigan radiologik tadqiqotlarning natijalari oʻzgarishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati utgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilganida gipermagniyemiya yuzaga keladi uning belgilari “Nojoʻya taʼsirlari” boʻlimida taʼriflangan. Nafasni susayishi 5-10ml 10% kalsiy xlorid eritmasini vena ichiga yuborish, kislorod yoki karbogen bilan nafas oldirish, sunʼiy nafas oldirish orqali bartaraf qilinadi. Agar buyrak faoliyati meʼyorida boʻlsa, vena ichiga fiziologik eritma tomchilab yuboriladi va diurez mannitol bilan kuchaytiriladi. Buyrak faoliyatini yetishmovchiligi yoki ogʻir gipermagniyemiyada gemodializ zarur.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun 25% li eritma ampulalarda 5 ml, 10 ml dan. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonkadan kontur uyali oʻramga joylanadi. Ikkita kontur oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma bilan karton qutiga joylanadi

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan ximoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saklansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

76530cookie-checkMagniy sulfati eritmasi haqida ma’lumot – tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi, qarshi ko’rsatmalar, nojo’ya ta’siri.

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »