Tibbiyot

Og’ir jarohatlarda qon ketishini to’xtatish uchun zamonaviy vosita

Pensilvaniya universiteti tibbiyot maktabi xodimlari ogʻir jarohatlardan ham qon ketishini toʻxtatuvchi faol koʻpikni ishlab chiqishga AQSH mudofaa vazirligidan 3 yillik shartnoma olishdi. Olimlar 1,4 mln dollarga nafaqat ushbu vositaning prototipini, balki qon oqishini toʻxtatuvchi va jarohatni zararsizlantiruvchi tarkibni yaratishadi.

Ushbu texnologiyaga harbiylardan tashqari boshqa idoralar, jumladan politsiya va tez yordam xizmati qiziqish bildirmoqda. Tarkib organizmga jarohatni “qopqoq kabi yopgan”dan soʻng uning bitishi jarayonini boshlashga imkon beradi. Keyinroq qotib qolgan koʻpik organizm tomondan oson qayta ishlanuvchi maxsus tarkibga aylanadi. Ogʻir jarohat olinganda va shoshilinch operatsiya talab qilinganda jarrohlar qotib qolgan gelni qizdirish yordamida chiqarib olishi mumkin.

Bir yil avval shunga oʻxshash vositani avstraliyalik olimlar taqdim qilishgandi. Ular operatsiyalardan keyin yaralar va jarohatlarni tikish oʻrniga kesik joylarni oqsilli yelim-germetik bilan toʻldirishni taklif qilishgan.

100190cookie-checkOg’ir jarohatlarda qon ketishini to’xtatish uchun zamonaviy vosita

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »