STOMATOLOGIK KASALLIKLAR

Ortiqcha vaznning tishlarga ta’siri

Amerikalik tibbiyot xodimlarining koʻrsatishicha, ortiqcha vazn ogʻiz boʻshligʻi, jumladan, tishlar kasalligi rivojiga turtki beradi. Bu boradagi tadqiqot Oral Diseases jurnalida taqdim etildi.

Olimlar tish shifokorlarining tana massasi normal va ortiqcha boʻlgan 160 bemorini kuzatib borishdi. Tana massasi indeksi 23 dan koʻp boʻlgan kishilarda odatiy tana massasiga ega boʻlganlardan farqli ravishda, ancha ogʻirroq periodontit rivojlangan.

Indeksi 25 dan koʻp boʻlganlar esa, parodontitga olti bora koʻproq chalinishi mumkin ekan.
Olimlarning taʼkidlashicha, semizlik aftidan, ogʻiz boʻshligʻidagi yalligʻlanish jarayonlariga olib keladi.

Maʼlumot uchun, tana massasi indeksi tana massasining tana uzunligi kvadratiga (metrda) nisbatan aniqlanadi.

98300cookie-checkOrtiqcha vaznning tishlarga ta’siri

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »