OG`RIQ VA BELGILAR

Ovqatdan keyin ko’ngil aynishi sabablari haqida

Ko‘pchilik ovqatdan keyin o‘zini yomon his qiladi. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgisi, ammo boshqa omillar ham bu noxush holatga olib kelishi mumkin.

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

Sog‘lom odamda kuzatiladigan ko‘ngil aynishi

Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli rivojlanishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • ortiqcha ovqatlanish;
  • qovurilgan va yog‘li ovqatlar;
  • ovqatdan so‘ng darhol bajarilgan faol harakatlar va jismoniy faoliyat;
  • sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilish;
    intoksikatsiya.

Bunday hollarda ovqatlanishni tartibga solish yoki toksik moddalardan foydalanishni to‘xtatish kifoya.

Turli kasalliklar tufayli ko‘ngil aynishi

Agar diyetani tartibga solish kutilgan natijani bermasa va ovqatdan keyin ko‘ngil aynish saqlanib qolsa, bu quyidagi kasalliklarning rivojlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin:

  • ezofagit;
  • gastrit;
  • enterit;
  • gepatit;
  • pankreatit;
  • o‘t qopidagi tosh;
  • xoletsistit;
  • oshqozon yarasi;
  • ichak disbakteriozi.

Ushbu kasalliklar tibbiy muolajani talab qiladi, mustaqil davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.

Sog‘lom ayolda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi

Kuniga 2 martagacha ko‘ngil aynishi va qayt qilish homiladorlikning odatiy belgisidir, agar ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish tez-tez sodir bo‘lsa, bu tibbiy nazoratni talab qiladigan toksikoz bo‘lishi mumkin.

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynisa, nima qilish kerak ?

Avvalo, uni yuzaga keltiradigan omillarni istisno qilish kerak, xususan:

  • kam-kamdan tez-tez ovqatlaning;
  • ovqatdan keyin og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning (faqat piyoda yurish tavsiya etiladi);
  • yog‘li ovqatlarni kamaytiring;
  • bug‘da pishirilgan, qaynatilgan va dimlangan ovqatlarga ustunlik bering;
  • mahsulotlarning yaroqlilik muddatini diqqat bilan tekshiring;
  • alkogol va tamaki iste’mol qilmang.
88210cookie-checkOvqatdan keyin ko’ngil aynishi sabablari haqida

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »