Salomatlik

O’y – hayollar qanday qilib kasallik chaqiradi ?

Zarifboy Ibodullayev, tibbiyot fanlari doktori, professor, neyropsixolog:

Shifokorlar psixik og’irliq qandli diabet, bronxial astma va yana bir qancha kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblashadi.
Shuningdek, odam o’ziga-o’zi xastalikni to’qib chiqarishi ham ehtimoldan holi emas. Ba’zan bu haqiqiy kasallikka olib keladi.

Deylik, bosh og’rig’idan aziyat chekayotgan odam og’riqsizlantiruvchi dorilardan foydalansa-da, o’zicha jiddiy patologiyalarni taxmin qiladi: “boshimda o’sma bor bo’lsa kerak”, deb xavotirlanadi.

Har safar u shu haqda o’ylaganida ongosti axborotni ma’qullaydi. Ko’p o’tmay, haqiqatan ham, jiddiy bezovtalik kelib chiqishi mumkin. To’g’ri, tibbiyotda o’sma kasalliklari tamoman boshqa sabablar bilan yuzaga keladi. Ammo psixosomatika mutaxassislari ushbu hodisani inson o’y-fikrlari bilan bog’lashadi.

Shuning uchun ham doimo shifokorlar bemorlarga yaxshi narsalarni o’ylash, kayfiyatni ko’tarishni tavsiya etadi.

87600cookie-checkO’y – hayollar qanday qilib kasallik chaqiradi ?

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »