Salomatlik

Ozishga yordam beruvchi tabiiy mahsulotlar

O‘tgan maqolamizda sog‘lom turmush tarzi va ozishga doir asosiy sabablarni keltirib o‘tgandik. Bugungi mavzuyimiz organizmni zararsiz tozalab, yoshlik eleksirini saqlab qolish hamda sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lish.

1. Tabiiy suv – organizmga kerak bo‘lgan eng muhim modda. Aslida tanamizning 70% ini suv tashkil qiladi. Lekin bizning kundalik hayotimizda iste’mol qiladigan suv ko‘pincha o‘lik holda organizmga tushadi, ya’ni bu – qaynatilgan suv. Xo‘sh biz qanday qilib tirik suv iste’mol qilishimiz mumkin?

Bu judayam oson. Buning uchun 1 litr qaynagan suvni sovitib uni bankaga solib muzlatgichga qo‘yamiz va muzlash jarayonida suvning ustki qismida paydo bo‘lgan yupqa muzni olamiz. Chunki bu muz qattiq jismli ftor hisoblanadi va uning hech qanday foydasi yo‘q. Suv muz holatiga kelgandan so‘ng u xona haroratida erishi kerak.

Erigan suv tirik suvga aylanadi va uning tarkibida bizning organizmimiz uchun kerak bo‘ladigan Ca, Mg, Na, K elementlari paydo bo‘ladi. Har kuni 2- 2,5 litr tirik suv ichish tanamizning balansini va hayotiy quvvatini oshiradi.

2. Asal – tabiiy va judayam foydali mahsulot. U organizmdagi chiqitlarni tozalashda hamda xotirani kuchaytirishda foydalaniladi. Tanamizdagi zararli bakteriyalarga qarshi kurashadi.

3. Limon – sitrus meva hisoblanadi. U organizmni yoshartiradi hamda ozish uchun eng samarali, tabiiy vosita hisoblanadi.

4. Imbir (zanjabil ) – ziravorlar guruhiga kiradi. Imbir antioksidant moddadir. U organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi va immunitetni ko‘taradi. Har kuni iste’mol qilganda ortiqcha yog‘lardan xalos etadi.

Imbir muqaddas o‘simliklardan biri bo‘lib, Qur’oni karim kitobida keltirilgan ( Al – inson surasi 17- oyat ).

5. Sut va sut mahsulotlari – tarkibi Ca, K, Mg va boshqa elementlarga boy. Ozish uchun bezarardir. Ko‘pchilik sut mahsulotlari semirtiradi deb o‘ylaydi va bu mutlaqo xato. Sut tarkibida hech qanday semirishga olib keladigan moddalar yo‘q.

6. Sariq sabzi – bu ham antioksidant sabzavot. Sariq sabzi saratonga qarshi mahsulot, tarkibidagi vitamin va minerallar keraksiz yog‘larni eritadi hamda organizmni yoshartiradi. Sabzi tarkibidagi V1, V12, RR vitaminlari bolalarning bo‘yi o‘sishiga yordam beradi.

7. Grechka – don mahsulotlari sirasiga kiradi va parhezbop taom sifatida buyuriladi. Har kuni kechqurun qatiq bilan iste’mol qilish ichakdagi shlaklarni tozalaydi.

8. Guruch – eng foydali o‘simliklardan biri. U asosan ichki organizmni tozalashda juda katta ahamiyatga ega. Guruchning farqi shundaki u oshqozonda so‘rilmaydi, balki ichakda so‘rilib ichakda hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lish jarayonida u absorbsiya, ya’ni ichakdagi zararli moddalarni yutish vazifasini bajaradi.

9. Tuxum – oqsilga boy bo‘lgan mahsulot. Uning tarkibida inson organizmi uchun kerak bo‘lgan barcha vitaminlar bor. Tuxum oqsil jihatidan go‘shtni o‘rnini be’malol bosa oladi. Parhez tutuvchilar va vegetarianlarning kundalik ozuqasida tuxum bo‘lishi kerak.

10. Karam – savzabotlar ichida eng kamtarin, yog‘ moddalarni eritadigan lizotsin moddasiga boy mahsulot. Karam yaproqlarini suvda pishirib og‘rigan bo‘g‘imlarga qo‘yilsa, og‘riqni ketkizishga yordam beradi.

Yuqoridagi mahsulotlar yordamida kundalik rejim tuzamiz va 1 oyda sog‘lom va go‘zal qomatga erishamiz!

Bir stakan tabiiy suvga, 1 choy qoshiq asal, 1 oshqoshiq limon suvi va bir chimdim imbir kukunini solib kun davomida 3 mahal ichamiz.
Ertalabki taomnomamiz guruch bo‘lishi kerak. Negaki guruch organizmdagi xiltlarni yutib uni tashqariga chiqarib tashlaydi. Buning uchun 1 kg guruchni bankaga solib, ustidan qaynagan sovuq suv solamiz va muzlatgichga qo‘yamiz.

Har kuni ertalab 2 osh qoshiq guruchni qaynatib o‘zini iste’mol qilamiz, hech qanday ziravorlar hattoki tuz ham solinmaydi va bu 1 oy davom etadi. Yodingizda bo‘lsin. Guruchni suvini har kuni almashtirishingiz shart.

Tushlikda tuxum, sabzi, grechka mahsulotlarini qaynatib tanovul qilamiz. Bu bizning ishchanlik faoliyatimizni oshiradi va oshqozonga ortiqcha yuk bo‘lmaydi.

Bunday mahsulotlar bilan birgalikda zaytun yog‘i va kashnich o‘simligini ham istemol qilishingiz mumkin.
Sababi kashnich ko‘z nurini oshiradi, zaytun esa tananing yog‘ moddasi almashinuvini izga solib, inson terisinin yoshartiradi. Bu fanda isbotlangan.

Kechki nonushta sut mahsulotlaridan iborat bo‘lsa, siz suyaklaringiz yemirilishidan aslo aziyat chekmaysiz. Umurtqaning shakllanishida sut mahsulotlari katta ahamiyatga ega. Kechki taomnomada sutni pishirib, saryog‘, asal, yong‘oq qo‘shib iste’mol qilsak, organizmimiz kuch-quvvatga to‘ladi.

Sut icha olmaydiganlar sut o‘rniga qatiq iste’mol qilsalar bo‘ladi. Umuman sut mahsulotlarini yoqtirmaydiganlar esa kechki taomnomani mevadan tuzishlari mumkin. Misol uchun, banan, olma, apelsin, kivi va nok.

Eslab qoling oshqozon soat 19:00 dan boshlab uxlaydi va hazm shirasini yaxshi ishlab chiqarmaydi. Yillar davomida noto‘g‘ri ovqatlanish (kechki taomnomada go‘sht mahsulotlari bo‘lishi yoki xamirdan tayyorlangan taomlar, fast-fudlar ) bora-bora insult va infarkt xavfini oshiradi. Chunki yurakni yog‘ bosishi va jigarning ortiqcha ishlashi organizm qurilmasini ishdan chiqarishga sabab bo‘ladi.

Shunday ekan astoydil harakat qilib yuqorida aytilgan rejimga amal qilsak, oshqozonimizni, organizmimizni asrasak, biz ancha yil uzoq va sog‘lom umr ko‘ramiz hamda semizlik deb ataladigan kasallik bizga hech qachon yaqinlashmaydi. Shunday ekan hammasi o‘z qo‘limizda.

96080cookie-checkOzishga yordam beruvchi tabiiy mahsulotlar

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »