Salomatlik

Qahvaning organizmga zararli ta’siri

Aksariyat insonlar tongni bir stakan qahva ichish bilan boshlaydi. Bu uyg‘onish, kayfiyatni ko‘tarish va o‘zni yaxshi his qilishga yordam beradi. Biroq mazkur ichimlik bilan juda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Qahva tarkibida ko‘plab biologik faol birikmalar, jumladan, kofein mavjud. Bir stakanda taxminan 100 milligramm ushbu modda bor. Tadqiqotchilar 400 milligramm kofeinni xavfsiz doza deb hisoblashadi. Ya’ni, qo‘rqmasdan, kuniga taxminan to‘rt stakan qahva ichish mumkin.

Qahvani kamroq ichish kerakligini qanday aniqlash mumkin?
Hammasi bo‘lib, mutaxassislar ichimlikdan foydalanishni kamaytirish yoki bir muddat butunlay tark etish vaqti kelganini ko‘rsatadigan to‘rtta belgini aniqladi:

Jig‘ildon qaynashi. Buning sababi, kofein pastki qizilo‘ngach sfinkterini bo‘shashtiradi. Bu o‘z navbatida, oshqozon kislotasining qizilo‘ngachga kirishiga yo‘l ochadi.

Uyqu muammolari. Yotishdan taxminan olti soat oldin qahva ichishni to‘xtatish kerak, bu sog‘lom va to‘liq dam olishni ta’minlaydi.

Ortiqcha vazn. Qahva to‘qlik hissini beradi, shuning uchun bu ichimlikdan bir piyola ichgan odam ovqatlanishdan bosh tortishi mumkin. Biroq to‘qlik hissi tark etganda, ochlik keskin sezilishi mumkin. Bu esa afsuski, ko‘pincha ortiqcha ovqatlanish va kilogramm ortishiga olib keladi.

89260cookie-checkQahvaning organizmga zararli ta’siri

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »