OG`RIQ VA BELGILAR

Qon bosimi pastligini bildiruvchi belgilar

Past qon bosimi yoki gipotoniya sog‘liq uchun yuqori qon bosimi kabi xavfli bo‘lishi mumkin. Surunkali past qon bosimidan aziyat chekmaydigan insonlar quyidagi alomatlardan birini sezsa, albatta shifokorni ko‘rigidan o‘tishi kerak.

Bosh aylanishi
Bosh aylanishi va holsizlik, ayniqsa, tana holatining keskin o‘zgarishidan so‘ng kuzatilsa, bu past qon bosimining eng keng tarqalgan alomatidir. Agar so‘nggi paytlarda bosh aylanayotgan bo‘lsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Konsentratsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklar
Stress, bezovtalik yoki uyqusizlik, zaiflikning kuchayishi — bularning barchasi diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Bu ham past qon bosimining alomati: qon miya hujayralariga kerakli miqdorda oqishini to‘xtatadi va diqqatni jamlash qiyinlashadi.

Tashnalik
Qancha ko‘p suyuqlik ichilsa ham, chanqoqning qonmasligi, tashnalik ham past qon bosimining belgisi bo‘lishi mumkin.

Xira ko‘rish
Bu nafaqat yoqimsiz, balki juda xavfli alomatdir: haqiqat shundaki, bosimning pasayishi va ko‘rish markazlarida qon ta’minoti kamayishi natijasida loyqa yoki xira ko‘rish kuzatilishi mumkin. Hatto bosim tiklangan bo‘lsa ham, ko‘rish bilan bog‘liq muammolar davom etishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.

Sovuq va nam teri
Past bosimda tana birinchi navbatda qonni muhim organlarga yo‘naltirishga harakat qiladi, bunda oyoq-qo‘llarga qon yetib bormaydi. Natijada qo‘l yoki oyoq terisi sovuq, nam va hatto rangi ko‘k yoki kul rang tusga o‘zgarishi mumkin.

Yurak urishining tezlashishi
Qon bosimi darajasi pasayganda, yurak yetarli qonni ololmaydi — u qisqarish chastotasini oshirish orqali tanqislikni qoplashga harakat qiladi. Aytgancha, past qon bosimi yurakning juda charchaganligining belgisi bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Charchoq
Hatto odatiy mashg‘ulotlar ham juda ko‘p kuch talab qiladigan charchoq turli xil jiddiy kasalliklarning belgisi, shu jumladan, past qon bosimi alomati bo‘lishi mumkin. So‘nggi paytlarda tez charchayotgan bo‘lsangiz, albatta, shifokor bilan maslahatlashing.

Depressiya
Miyaning qon bilan ta’minlanmaganligi depressiya alomatlarini qo‘zg‘atishi mumkin: Dublin Trinity kolleji tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, past qon bosimi depressiya xavfini 30 foizga oshiradi. Bosim nafaqat jismoniy, balki ruhiyatga ham ta’sir qiladi.

Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish
Oshqozon og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi yoki hatto qayt qilish keskin pasaygan bosimning klassik belgilaridir. Buning sababi shundaki, qon oqimining yetishmasligi miya va yurak signallari o‘rtasidagi nomuvofiqlikka olib keladi. Agar siz hech qanday sababsiz bunday narsani his qilsangiz, shifokor bilan maslahatlashib, bosim darajasini nazorat qilishni unutmang.

89230cookie-checkQon bosimi pastligini bildiruvchi belgilar

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »