Tibbiyot

Qon quyish (gemotransfuziya) — texnologiyasi, ko’rsatmalar, asoratlari

Qon quyish, gemotransfuziya (qad. yun. αἷμα — qon va lot. transfusio — quyish) — transfuziya amaliyoti bo’lib, bunda retsepient donordan qabul qiluvchi biologik suyuqlik qon yoki uning tarkibiy qismlari bo’ladi. Ushbu amaliyot o’rnini bosuvchi terapiyaning bir turi sanaladi. Rag’batlantiruvchi va o’rnini bosuvchi ta’sir bilan bir qatorda, u qonning ivish qobiliyatini oshiradi va zaharli moddalarni zararsizlantiradi.

Ko’rsatmatlar

Qon quyish amaliyoti kasalliklar, jarrohlik operatsiyasi, kimyoterapiya yoki terapiyaning boshqa turlari qonga o’tkazishi tufayli kerak bo’lishi mumkin. Bunda bemorga eritrosit, leykosit yoki trombositlar talab etilishi mumkin, xususan:

  • Eritrosit yoxud qizil qon tanachalari kuchli qon yo’qotish yoki kamqonlikda;
  • Trombositlar ularning miqdori kamligida (trombositopeniyada);
  • Leykosit yoxud oq qon tanachalari juda kamdan-kam hollarda uchraydigan ko’rsatmalarga ko’ra.

Qon yo’qotishidan tashqari, gemopoez aplaziyasi, kuyishlar, infektsiyalar, zaharlanish va boshqalar ham qon quyish uchun ko’rsatma bo’lishi mumkin.

Qon quyish texnologiyasi

Qon quyish vena tomirlari orqali (o’tkir holatlarda arteriyalar orqali) amalga oshiriladi va qizil qon tanachalari, oq qon hujayralari, plazma oqsillari o’rnini bosish, shuningdek qon aylanishini, qon yo’qotish holatida uning osmotik bosimini tiklash uchun (shu maqsadda qon o’rnini bosuvchi moddalar ishlatilishi ham mumkin) qo’llaniladi.

Transfuziya to’g’ridan-to’g’ri va donor qonini oldindan saqlab qo’yish orqali amalga oshirilishi mumkin. Qon quyish uchun zamonaviy yondashuv uning tarkibiy qismlarni quyishni nazarda tutadi (plazma, qizil qon tanachalari massasi, oq qon hujayralari massasi, trombotsitlar massasi, yuvilgan eritrositlar, kriopretsipitat va boshqa nodir komponentlar).

Tekshirilmagan qonni quyish paytida qabul qiluvchi qoniga donorda mavjud bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilari tushishi mumkin. Shu munosabat bilan, hozirda qon tarkibiy qismlarini karantin qilish usuli keng qo’llaniladi.

Qon donorlari va qabul qiluvchining qonlari quyidagi parametrlar bo’yicha qat’iy mos kelishi kerak:

  • Qon guruhi;
  • Rezus omil.

Ba’zi hollarda qon quyishda boshqa antigenlar, masalan, Kell antigenlari mavjudligini hisobga olish kerak bo’ladi.

XX asrning 80-yillariga qadar, salbiy rezus omilga ega bo’lgan birinchi qon guruhi barcha guruhlar uchun universal donor deb ishonilgan, ammo agglyutinogenlarning kashf etilishi bilan bu fikr noto’g’ri deb tan olingan.

Hozirgi vaqtda «universal» donorlik qoni yo’q, ammo shunga o’xshash qon o’rnini bosuvchi — «Moviy qon» deb atalmish suyuqlik mavjud.

Amaliyot kechishi

  • Qon quyish og’riqli emas. Sezish mumkin bo’lgan yagona og’riq — venaga ignani kiritish vaqitda seziladigan yengil achish hissi.
  • Bir marta qizil qon hujaylari quyish amaliyoti 2-4 soat, trombositlar quyish esa 30-60 daqiqa vaqt talab qiladi.
  • Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf — allergik reaktsiya yoki infektsiyadir, biroq bunday ehtimollik juda past ko’rsatkichga ega.

Asoratlar

Quyidagi holatlar kuzatilganda darhol shifokor chaqirish talab etiladi:

  • Tana haroratining 38 °C yoki undan yuqori bo’lishi;
  • Varaja;
  • Yuzning qizarishi yoki «yonayotgani» kabi his etilishi;
  • Toshma toshishi yoki kuchli qichishish;
  • Nafas olish qiyinlashuvi yoki hansirash;
  • Bel og’rig’i;
  • Ko’ngil aynishi yoki qayt qilish;
  • Zaiflik yoki hushdan ketish oldi holati;
  • Peshob rangining to’q bo’lishi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

30150cookie-checkQon quyish (gemotransfuziya) — texnologiyasi, ko’rsatmalar, asoratlari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »