Salomatlik

Qora sedananing qandli diabetda foydasi

Tanamizda og’irligi 70-80 gramm keladigan a’zo bor. Biz uni oshqozon osti bezi deb ataymiz. Uzunligi 14-22 sm atrofida. Kattaligi bo’yicha jigardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Asosiy vazifalaridan biri insulin ishlab chiqarish.

Shu ishini maromida bajarolmasa, organizm insulinga muhtoj bo’lib qoladi. Modda almashinuvi esa izdan chiqadi. Shu tartibsizlikdan tug’ilgan insulin taqchilligi qandli diabet deb ataladi. El orasida ko’proq “qand kasalligi”, “qand kasali” nomi bilan mashhur.

Qand kasalining oqibatlari

Qandli diabet sabr-toqatli dard. Shoshilmaydi. Sekin-asta va navbati bilan organizmning barcha a’zolarini nishonga oladi. Ateroslerozni yoniga chaqiradi. Yurak ishemik kasalligi bilan hamkorlikda ish ko’radi. Miokard infarktini taxtga o’tqazib, stenokardiyani unga vazir qilib qo’yadi. Organizmning qon aylanishini buzib, tashna qiladi. Buyrakni yetishmovchilik bilan qiynaydi. Ko’zga dunyoni qorong’u qiladi. Oxiri tana faryod ko’tarib, yurakni xurujga olib keladi.

Bu jarayon uzoq davom etadimi?

Oldi olinmasa, afsuski, davom etaveradi. Masalan, tinimsiz suv ichishga undab, me’da devorini cho’zib yuboradi. Hajmini yo’qotgan me’da pastga tushib, atrofidagi a’zolarni burchakka tiqib qo’yadi. Oqibatda, to’g’ri va ingichka ichak oq bayroq ko’tarib taslim bo’ladi.

Umidini yo’qotgan o’t pufagi tarki dunyo qiladi. Gastrit xursand bo’lib oshqozonni shilliq qavatlarigacha qo’shib egallaydi. Tana a’zolari taslim bo’lganidan keyin, xatto, axlat ham kibrga beriladi va o’ziga qabziyat (ich qotishi) taxallusini oladi. Ayollar tanasi hayz ko’rishdan bosh tortadi, erkaklar jinsiy maylining susayganidan hijolat chekib, yotoqqa kirishdan bezillab qolishadi.

Qandli diabet yosh tanlamaydi

Bu kasallik noinfektsion, ya’ni yuqmaydigan xastaliklar sirasiga kiradi va barcha yoshdagi insonlarga xavf soladi. Ikkinchi turi esa nasl surishi ham mumkin.

Qand kasalining qanday alomatlari bor?

Qandli diabetda tashnalik, og’iz qurishi, quvvatsizlik, tez-tez peshob ajralishi, terining qurishi, ko’rish qobiliyatining pasayishi kabi alomatlar kuzatiladi. Soch sinuvchan bo’lib qoladi, ko’p to’kiladi, tirnoqlar mo’rtlashib, uvadalanadi. Yara bitishi qiyinlashadi. Bu insoniyatga xavf solayotgan eng xavfli kasalliklar sirasiga kiradigan qandli diabetning ayrim alomatlari xolos.

O’zbekistonda diabetli bemorlar ko’pmi?

Afsuski, ha. Sog’liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, ularning soni kelajakda yana 4-5 baravarga oshishi mumkin. Hozir yurtimizda diabetdan azob chekayotganlar soni 245 mingdan oshgan. Lekin har qanday ma’lumotlar nisbiyligini unutmaslik kerak, chunki Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti fikricha, har ikki insondan bir nafari o’zida qandli diabet borligini bilmaydi.

Diabetning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Sog’lom turmush tarziga rioya qilish, to’g’ri va sifatli ovqatlanish, tanamiz qudratini oshirish lozim. Vujudning har bir to’qimasiga quvvat beradigan mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Chunki kuchli immunitet kasalliklarni tiz cho’ktiradi. Ortiga qaramasdan qochishga majbur qiladi. Alhadaya qora sedana yog’i shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Alhadaya kapsulalari qanday tayyorlanadi?

Alhadaya qora sedana yog’i Saudiya Arabistoni va Misrdan keltirilgan sara va sifatli xom ashyodan tayyorlangan halol va tabiiy mahsulot. Qora sedana yog’i sovuq siquv yo’li bilan ajratib olinadi. Sun’iy bo’yoqlar va kimyoviy qo’shimchalardan mutlaqo holi. Iste’molini qulaylashtirish uchun baliq jelatinidan tayyorlangan kapsulalarga qadoqlangan.

Foydali xususiyatlar nimada?

Alhadaya qora sedana yog’i tarkibidaga yuzdan ortiq vitamin, mineral va aminokislotalar ko’plab kasalliklar, jumladan, qandli diabetning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi.
Qora sedana yog’i tarkibidagi:

  • timoxinon va timol moddalari – balg’am ko’chirish, isitma tushirishda samarali, ko’plab virus, bakteriya hamda zamburug’larga qarshi kurashda sermahsuldir;
  • A, B, RR va Omega-3 vitaminlari – ko’rish qobiliyatini oshiradi, bola tanasining rivojlanishida ko’maklashadi;
  • V guruhi vitaminlari – immunitetdan mustahkam qo’rg’on qurib, ovqat hazm qilish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini kuchaytiradi, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi va og’iz qurishini bartaraf etadi;
  • E vitaminlari — organizmdan toksinlarni chiqarib, tana a’zolariga farog’at va halovat bag’ishlaydi;
  • magniy va selen – miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ko’tarinki kayfiyat beradi. Og’riqlarni bartaraf etadi;
  • natriy, kaliy, fosfor, temir — qon bosimini (gipertoniya)ning ilk bosqichlarida samarali yordam beradi. Jigarni himoya qiladi, uning tiklanishini rag’batlantiradi;
  • yod moddasi — endokrin tizimi kasalliklari, xususan buqoqning oldini olishda samaralidir;
  • oleyk va streyk — sochlarni mustahkamlaydi, teri va tirnoqlar holatini yaxshilaydi, kollagen ishlab chiqarishni rag’batlantirib, yoshlik va go’zallikni saqlashda yordamlashadi.

Alhadaya kapsulalari asab tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, hayotga yana ishonch va umid bilan boqishga undaydi.

Alhadaya mahsulotlar halolmi?

Albatta. Alhadaya mahsulotlari, jumladan, qora sedana yog’i va uning baliq jelatinidan tayyorlangan qadog’i “Halol” sertifikatiga ega. Shuningdek, kompaniya mahsulotlariga Evropa va Osiyo mamlakatlarining eng nufuzli tashklotlari tomonidan xalqaro sifat va xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarish darajasining yuqoriligini ko’rsatuvchi ISO va JMP sertifikatlari berilgan.

Onlayn buyurtma bersa bo’ladimi?

Nafaqat Alhadaya qora sedana yog’i, balki boshqa mahsulotlarimiz: Alhadaya Omega-3 yog’ kislotalari, Alhadaya Qust Al-hindi tabiiy antibiotiklariga ham o’zingizga qulay yo’l bilan buyurtma berishingiz mumkin. Mahsulotlarni O’zbekiston hududi bo’ylab yetkazib berish bepul.

Alhadaya kompaniyasining tabiiy va halol mahsulotlari to’g’risida batafsil ma’lumot olish va buyurtma berish uchun rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali bog’laning yoki qo’ng’iroq qiling:

101880cookie-checkQora sedananing qandli diabetda foydasi

Share with:

23 ta fikr

cialis 50mgga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »