Salomatlik

Ro’za tutishning qandli diabetga ta’siri – foydasi va zararlari haqida

Ro‘za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo‘ladi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Doktor Ahmad Fanjariy aytadi: «Ro‘za tutganda qondagi qand (shakar) miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me’yoriga keltiradi. Ma’lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog‘ga aylantiradi va to‘qimalarda to‘playdi.

Agar ortiqcha ovqat iste’mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o‘z vazifasini bajara olmaydi. Natijada qondagi qand miqdori ortib, vaqt o‘tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me’yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olishda ro‘zaning o‘rni beqiyosdir».

Ro‘za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:

  • terining mikroblarga qarshi immunitetini oshiradi;
  • teridagi o‘tkir yallig‘lanishlarni va ularning tarqalishini kamaytiradi;
  • allergiya va yuzdagi toshmalarni quritadi;
  • ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va teridagi chipqonlarni yo‘qotadi.

Tibbiyot mutaxassislari tadqiqotlar natijasida ro‘zaning ekzema — teri kasalligi, terida pufakchalar hosil bo‘lishi, qo‘tir-qo‘tir va katta-kichik po‘st paydo bo‘lishi bilan kechadi va podagra — moddalar almashinuvi buzilganda uchraydigan kasalliklariga eng yaxshi muolaja bo‘lishini aniqlagan. Ushbu kasalliklar asosan ko‘p ovqatlanish va vazn ortib ketishi tufayli kelib chiqadi.

89110cookie-checkRo’za tutishning qandli diabetga ta’siri – foydasi va zararlari haqida

Share with:

1 Fikr bildirish

  • ✏ Process 1.00456 bitсоin. Next >> https://telegra.ph/BTC-Transaction--652156-05-10?hs=bfd7b6e8b518972308c23516271362d4& ✏ 11.05.2024

    grnmtc

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »