Tibbiyot

Saraton kasalligini davolashning yangicha usuli

Shvetsiyaning Lund universiteti olimlari inson teri hujayralarini immunitet hujayralariga aylantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Science Immunology’ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Xabar qilinishicha, tadqiqotchilar birlashtiruvchi to‘qimani virus, bakteriya va saraton hujayralarini topadigan dendrit hujayralarga aylantirishda yordam beradigan uchta oqsil turini aniqlashdi.

Olimlarning bildirishicha, hujayralarni qayta dasturlashga to‘qqiz kun ketadi. Sun’iy ravishda hosil qilingan dendrit hujayralar tabiiy hujayralar bilan bir xilda faoliyat ko‘rsatadi.

— Biz uchta oqsilni to‘g‘ri saraton shishiga kiritamiz. Ular saratonga qarshi antigenlar ishlab chiqaradi. Bu esa immunitet hujayralarining rak hujayralariga hujum qilishiga va ularni yo‘q qilishga olib keladi, — deb yozadi olimlardan biri Karlos Filipe Pereyra.

98830cookie-checkSaraton kasalligini davolashning yangicha usuli

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »