Sh

Shartsiz reflekslar haqida

Shartsiz reflekslar, tur reflekslari — organizmning ichki va tashqi qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan oʻzgarmas, genotip bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni irsiylanadigan reaksiyasi. «SH.r.» terminini I.P. Pavlov muayyan qoʻzgʻatuvchilarning retseptorlarga taʼsiri natijasida yuzaga keladigan reflekslar (ogʻizga ovqat tushganida soʻlak ajralishi, barmoqqa oʻtkir narsa sanchilganida tortib olinishi va boshqalar)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz reflekslar, asosan, markaziy nerv sistemasining quyi boʻlimlari (gangliylar, orqa miya, bosh miya dastasi va boshqalar) bilan bogʻliq. Shartsiz reflekslarda qoʻzgʻalishning retseptorlardan effektorga oʻtadigan yoʻli reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari uchun umumiy boʻlib, organizm xattiharakatini doimiy (oʻzgarmas) muhit sharoitiga moslanishini taʼminlaydi.

SH.r. ontogenez va filogenezla. oʻzgarib boradi. Chaqaloqlarda hayot davomida yoʻqolib boradigan emish refleksi sof holdagi Shartsiz reflekslarga misol boʻla oladi. Odam voyaga yetgan sari yangi (mas, jinsiy) reflekslar paydo boʻla boradi. Voyaga yetgan odam va hayvonlarda Shartsiz reflekslar sof holda uchramaydi; Shartsiz reflekslar shartli reflekslar bilan qoʻshilib ketadi. Shartsiz va shartli reflekslar oʻrtasidagi farq nisbiy boʻlganidan ularni tasnif qilish ancha qiyin. Taʼsirlovchi taʼsiri xususiyatiga va javob reaksiyasining biologik mohiyatiga binoan Shartsiz reflekslarni himoya, oziqlanish, jinsiy, moʻljal olish va boshqa xillarga ajratiladi. Murakkab bir xil xattiharakatlardan iborat tugma reflekslar instinkt deyiladi. Baʼzan instinkt mazmunan Shartsiz reflekslarga tenglashtiriladi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : Alhadaya

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

29790cookie-checkShartsiz reflekslar haqida

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »