Shunday kasalliklar borki, ularning organizmda paydo bo‘lganini sezmaymiz ham. Hech qanday belgilarsiz rivojlana boradi, o‘z vaqtida oldi olinmasa, jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Tibbiyotda «soqov» kasalliklar, ya’ni belgisiz rivojlanadigan xastaliklardir.
Ular quyidagilar:
Qandli diabet
Shifokorlar bu xastalik bilan og‘rigan har ikki bemordan birini belgilarga qarab emas, tasodifan tibbiy tekshiruvlar vaqtida aniqlashar ekan.
Qon bosimining ko‘tarilishi
Bu surunkali kasallikda bemorning arterial qon bosimi tez ko‘tarilib ketadi va bu ham belgilarsiz namoyon bo‘ladi.
Gepatit
Ushbu virus inson tanasida bir necha yil davomida rivojlanib, organizmni ich-ichdan yemirishga qodir.
Gepatoz (jigarni yog‘ bosishi)
Kishi uzoq vaqt davomida jigarni yog‘ bosishi xastaligi bilan og‘riganini payqamaydi ham.
Yo‘g‘on ichak saratoni
Bu kasallik onkologik xastaliklar ro‘yxatida yetakchi bo‘lib, shunisi bilan xavfliki, erta bosqichlarda hech qanday alomatlarsiz namoyon bo‘ladi.
O‘z sog‘ligiga bee’tibor bo‘lmagan inson yiliga kamida 1-2 marta mutaxassis tekshiruvlaridan o‘tib turishi va organizmida g‘ayritabiiy belgilar namoyon bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashishi kerak.