Salomatlik

Suvning inson salomatligiga qanday foydali xususiyatlari bor ?

Qadimgi dunyo faylasuflarining fikricha, suv hayot uchun zarur bo‘lgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suvni sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham atashgan.

Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning katta qismini egallaydi. Masalan, qondagi suv miqdori – 90 foiz bo‘lsa, miya – 85 foiz, mushaklar – 75 foiz, jigar – 65 foiz, suyaklar – 28 foiz, yog‘ to‘qimalari esa 25 foiz suvdan tashkil topgan. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.

Tanadagi hujayralar yaxshi faoliyat yuritishi uchun suv juda ham zarur.»Xujayralar suvdan iborat va suv bilan o‘ralgan», deydi Ronald Navarro.

Agar siz kerakli miqdordagi suyuqlikni iste’mol qilsangiz va suvsizlanishdan saqlansangiz, tanangiz kun sayin yaxshilanib boradi va sog‘lig‘ingiz uchun juda foydalidir. Quyida suvning ijobiy xislatlarini keltirib o‘tamiz.

1. Xotiraning yaxshilanishi

2. Diqqatni bir joyga jamlash

3. Kuchli va chaqqon bo‘lish

4. Ovqat hazm bo‘lishining yaxshilanishi

5. Terining yorqinlashuvi

6. Kayfiyatning a’lo darajada bo‘lishi

7. Tez yugura olish

96160cookie-checkSuvning inson salomatligiga qanday foydali xususiyatlari bor ?

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »