Salomatlik

Tarvuzning salomatlik uchun foydalari

Yoz faslini tarvuzsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ham xushta’mi, ham chanqoqni bosishi bilan u hammamizning dasturxonimizdan joy oladi.

Tarvuz 90 foiz suv va shakardan tarkib topgan. Unda ko‘p miqdorda folat kislotasi mavjud bo‘lib, qon yaratishda, organizmda kislota-asos balansini muvozanatlashtirib turishda qatnashadi. Tarvuz sharbati xolesterinni eritib, organizmdan chiqarib yuboradi. Shu boisdan ham tarvuzning jigar kasalliklarida, gipertoniya va ateroskleroz kasalligida foydasi katta.

Tarvuz sharbati buyraklarni yuvadi, mayda toshlarni eritadi va tuzlarning organizmdan chiqishiga yordam beradi. Tozalangan buyraklar organizmning tozalanishi uchun ham zo‘r berib ishlaydi. Bo‘g‘imlar og‘rig‘i qoladi, artrit va artrozlar o‘tib ketadi.

Piyelonefrit kasalligida tarvuz sharbati juda yaxshi naf beradi. Biroq buyrak yetishmovchiligi bor bo‘lgan bemorlarga tarvuz sharbati tavsiya etilmaydi.

Tarvuzning teriga ham foydasi katta. Quruq yoki yangi uzilgan tarvuz po‘chog‘idan damlangan choy yoshlik go‘zalligini saqlab qolishga yordam beradi.

Tarvuz yuz terisini yoshartirib, rangini tozalaydi, shu bilan birga, teriga elastiklik baxsh etadi. Kosmetologiyada tarvuz po‘chog‘idan niqoblar tayyorlanadi. Buning uchun tarvuz sharbatida namlangan doka yuz va bo‘yinda 20 daqiqa davomida ushlab turiladi. So‘ngra yumshoq sochiq bilan artib olinib, krem surtiladi. Agarda yuzingizda sepkil bo‘lsa, shu sohaga tarvuz urug‘idan tayyorlangan emulsiya 20 daqiqa davomida qo‘yiladi, so‘ng yuvib tashlanadi.

101660cookie-checkTarvuzning salomatlik uchun foydalari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »