Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan quyidagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
– o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
– I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
– muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
– ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
– 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
– 1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida mehnat qilganlar.