Go’zallik sirlari

Tishlarni oqartirish — uy sharoitida vositalar tayyorlash, professional muolajalar

Tishlarni oqartirish usullari talaygina — ba’zilari uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar yordamida bo’lsa, boshqalari tibbiy muolajalarga murojaat qilishni nazarda tutadi. Maqolada eng samarali va xavfsiz usullar haqida batafsil.

Har qanday muolaja faqatgina mutaxassis nazorati ostida o’tkazilishi kerak. Ammo ko’pchilik odamlarda tish shifokorga bormaslik uchun doimo ko’plab bahona topiladi: qo’rqinchli, qimmat, vaqt yo’q…

Tish sarg’ayishi sabablari

Tish sarg‘ayishi sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalganlaridan biri — ovqat mahsulotlari qoldiqlari tish emalini qoplab olishidir (karash hosil bo’lishi). Emal qavat tishning eng birinchi tashqi qoplami. Ushbu qavatning karash bilan qoplanishi natijasida tishlar sariq rangga kiradi.

Muammoni tishlarni muntazam ravishda tozalab turish yo‘li orqali bartaraf etishi mumkin. Ba’zi hollarda tish emal qavati yemirilgan bo‘ladi va dentin qavati ko‘rinib qoladi. Dentin esa tabiiy sariq rangli, suyak to‘qimasidan iborat qavat sanaladi.

Tishni oqartirish usullari

Kundalik og’iz bo’shlig’i gigienasi karash hosil bo’lishini asosiy profilaktikasi hisoblanadi. Tish cho’tkasi va tish iplari uni yengishga yordam beradi. Nega pasta emas deb so’rash mumkin. Chunki tish pastasining karashni bartaraf etishga bevosita aloqasi yo’q. Shuning uchun yuqori sifatli cho’tka yoki pasta o’rtasida tanlash lozim bo’lsa, afzallikni birinchisiga berish lozim.

Tishlarni muntazam ravishda tozalab turishda karash shakllanishining intensivligi juda past bo’ladi, shuning uchun emalga ziyon yetkazmasdan uy sharoitida tishni oqartirish talabi kishini ancha vaqt davomida tashvishlantirmaydi. Agar tabassum rangi o’zgarganidan shubha qilsangiz, quyidagi sinovni bajaring.

  1. Tilni tishlaring ichki yuzasi bo’ylab yuriting. Dag’alliklar sezilyaptimi? Shunday bo’lsa, karashni yanada intensiv usullar bilan yo’qotish kerak.
  2. Tishlarga oq qog’oz parchasini qo’ying. Tishlar sarg’ish ko’rinmoqdami? Muammoni uyda tishlarni oqartirish bilan hal qilish mumkin, bu holatda zarar va foyda bir-birlarini muvozanatlashtiradi. Ammo tish kulrang tusga kirsa, hech qanday mustaqil amallar bajarish tavsiya etilmaydi. Bu holda faqat tish shifokoriga murojaat qilish darkor.

Zamonaviy vositalar

Og’iz bo’shlig’i parvarishi uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tishni oqartirish uchun yaxshi yechimlar taklif qiladi. Ushbu vositalar quyidagilarni o’z ichiga oladi.

  • Abraziv tish pastalari — ular tarkibida silliqlovchi va fermentativ moddalar mavjud. Birinchisi, emal yuzasidan karashni olib tashlaydi, ikkinchisi esa tish ichiga kiradi. Fermentlarning kirib borishi darajasi past, shuning uchun ular tishlarini ichidan oqartira olmaydi. Ammo sigaret va qora choydan qolgan sariq qoplamni yo’qotish uchun ayni muddao;
  • Chayish uchun eritmalar — ularning tarkibida past konsentratsiyada vodorod peroksidi mavjud. Tishlarni 1-2 tonga oqroq qiladi;
  • Oqartiruvchi kukunlar — tish pastasiga nisbatan agressivroq vosita, shuning uchun xavfsiz usullardan biri hisoblanmaydi. «Vaziyatga ko’ra» bir martalik foydalanish uchun mos keladi.

Ushbu vositalarni qo’llashda ularning to’liq xavfsiz emasligini yodda tutish kerak. Bunday vositalar uzoq vaqt davomida qo’llanilsa, emalning sezgirligi oshishi bilan namoyon bo’ladi. Ikki hafta davomida chayish uchun eritmalar bilan tish pastasidan tishlar 1-3 tonga oqargunicha foydalanish kifoya, undan so’ng tarkibida ftor yuqoriroq bo’lgan tish pastalariga o’tish kerak.

Xalqona vositalar

Xalqona vositalar ham doimo bezarar emasligini unutmaslik darkor. Eng mashhur vositalar bu iste’mol sodasi va vodorod peroksidi hisoblanadi. Birinchisi abraziv modda sifatida ta’sir qilib, tish to’qimalaridan karashni bartaraf etadi. Ikkinchisi esa kimyoviy reaktsiya natijasida kislorod ajratib chiqaradi, u o’z navbatida emalning chuqur qatlamlaridagi pigmentatsiyani yo’qotishga qodir.

Iste’mol sodasi

Iste’mol sodasini tish pastasi sifatida qo’llash

  1. Bir osh qoshiq soda oz miqdorda suv bilan tish pastasi kabi quyuqlikka yetguncha aralashtiriladi.
  2. Tishlar ushbu aralashma bilan tozalanadi, tozalash davomida uni yutib yubormaslikka harakat qilish kerak.
  3. Aralashma tishlarda 10 daqiqagacha qoldiriladi.
  4. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.
  5. 5 daqiqa o’tgach, tishlar oddiy tish pastasi bilan yuviladi.

Soda va tish pastasi aralashmasi

  1. Oz miqdorda tish pastasi va iste’mol sodasini aralashtiriladi.
  2. Ushbu aralashma bilan tishlar tozalanadi.
  3. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.

Ushbu usullarning ikkalasi ham juda samarali bo’lib, ular uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin. Birinchi usul ko’proq vaqt talab qiladi, ammo uning natijalari yaxshiroq, shuni ta’kidlash kerakki, undan haftada bir marta foydalanish mumkin. Tishlarni oqartirishning ikkinchi usulidan haftada bir necha marta foydalanishga ruxsat etiladi, bundan tashqari, u kamroq vaqt talab etadi.

Olma sirkasi

Olma sirkasidan ko’p maqsadlar uchun foydalansa bo’ladi. Ularning biri — tishni oqartirish. Ushbu usulning ta’mi eng yoqimlilaridan emas, lekin uning samaradorligi inkor etilmaydi.

Olma sirkasidan og’zini chayish uchun vosita tayyorlash

  1. Kichikroq stakanga olma sirkasini solinadi.
  2. Suyuqlikdan yutib yubormagan holda bir qultum olinadi.
  3. Og’iz yaxshilab chayiladi, so’ng sirka tupurib tashlanadi.
  4. Og’iz iliq suv bilan yaxshilab chayib tashlanadi.

Ushbu usuldan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi. Sirka ta’mi biroz yoqimsiz, lekin natijalar bu kamchilikni oqlaydi.

Olma sirkasi va iste’mol sodasi

  1. Kichikroq idishda olma sirkasi va soda tish pastasi konsistentsiyasiga kirguncha bo’lgunicha aralashtiriladi.
  2. Olingan massa tishlarga qo’llaniladi va 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi, ketidan oddiy tish pastasi bilan yuviladi.

Qulupnay

Qulupnay tabiiy oqartiruvchi xususiyatiga ega. Uning tarkibida tishdagi dog’larni yo’qotish uchun juda yaxshi bo’lgan olma sirkasi mavjud.

Qulupnayni tishlarga surtish

  1. Bitta qulupnay o’rtasidan kesiladi.
  2. Bir bo’lagi tish yuzasiga surtib chiqiladi.
  3. 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
  4. Shundan so’ng, odatdagidek tish pastasi bilan yuviladi.

Bu vaqt va pulni tejab, tishlarini oqroq qilishning ideal usuli. Vaziyatga qarab, haftasiga ikki marta foydalanish mumkin.

Iste’mol sodasi va qulupnay

  1. Bir yoki ikkita ezilgan qulupnayning sharbati ajratib olinadi.
  2. Sharbat tishlarga surtilib, 5 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Bir osh qoshiq iste’mol sodasiga ozgina miqdorda suv qo’shib, pastaga o’xshash massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
  4. Sodali pasta bilan tish yuviladi, so’ng og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.
  5. Muolaja yakunida tishlar odatiy ravishda tish pastasi bilan tozalanadi.

Ushbu usul ko’proq vaqtni talab qiladi, lekin u juda samarali. Qulupnay va soda kombinatsiyasi ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, bu ikki komponentni bir vaqtning o’zida aralashtirib ishlatish kerakli natijani bermaydi, shuning uchun ularni navbatma-navbat qo’llash juda muhim.

Apelsin po’sti va dafna barglari

Apelsin po’sti va dafna (lavr) yaprog’i kombinatsiyasi uy sharoitida tishlarni oqartirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Jarayon bir necha daqiqa talab etadi. Bunda apelsin o’rniga limondan foydalanish ham mumkin.

Apelsin va lavr yaproqlaridan tayyorlangan tish oqartirgich

  1. Apelsin po’stidan tozalanadi va po’stining bir nechta bo’lakchalari olinadi.
  2. Ular tish emaliga surtiladi.
  3. Dafna yaprog’i kukunga aylanguncha eziladi va tishlarga qo’llaniladi.
  4. Masalliqlar 5 daqiqaga tishda qoldiriladi.
  5. So’ng og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.

Ushbu usulni haftada bir marta qo’llash yaxshi. Apelsin po’stlog’idagi kislota emalda dog’lar paydo bo’lishiga olib keladigan bakteriyalarni o’ldiradi. Dafna barglari esa dog’larni o’ziga shimib, ularni rangsizlantiradi.

Banan po’stlog’i

Banan po’stlog’i tish emaliga ziyon yetkazmaydi va deyarli bepul sanaladi. Ushbu usulni qo’llash juda oddiy va 5 daqiqadan ortiq vaqt talab etmaydi.

Banan po’stidan oqartirish uchun vosita

  1. Banan po’stidan tozalanadi, po’stining kichik bir qismi bilan tishlar artiladi.
  2. Artish 2-3 daqiqa davom ettiriladi.
  3. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.

Ushbu usulni haftasiga 1-2 marta qo’llash tavsiya etiladi.

Vodorod peroksidi

Vodorod peroksidi (H2O2) tabiiy oqartiruvchi va antibakterial modda. Insonlar yillar davomida undan jarohatlardagi infektsiyalarni o‘ldirish maqsadida foydalanib kelishgan. Ko‘pchilik oqartiruvchi moddalar o‘zida katta konsentratsiyalarda vodorod peroksidi saqlaydi. Afsuski, bu modda bilan og‘izni chayqash va yuvish tishlarni oqarishiga olib kelishi isbotlanmagan, lekin ko‘pchilik tish pastalarida bu modda mavjudligi aniqlangan.

Ichimlik sodasi va 1 foizli vodorod peroksidi saqlagan tish pastasining samarali ta’siri o‘rganilgan. Ushbu tish pastasini qo‘llagan insonlarning 62 foizi bir kunda 2 mahal tishlarini yuvib, 6 hafta ichida ularning oqarishiga erishgan.

Ushbu vositani qo‘llashning ba’zi bir kamchiliklar bor. O‘ta kuchli konsentratsiyali eritma yoki haddan ortiq ko‘p ishlatish milklarning qo‘zg‘alishiga va tishlarning sezuvchan bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tish yuvishdan oldin vodorod peroksid bilan og‘izni chayqash kerak. Faqat bunda 1,5 yoki 3 foizli eritmadan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling, shunda nojo‘ya ta’sirlar minimal darajada bo’ladi. Dorixonalarda 3 %li eritma olib uni suv bilan aralashtirib, 1,5 %li eritma hosil qilish tavsiya etiladi.

Bu muhim!

  • Tishni oqartirish uchun tajribalar o’tkazmaslik. Muayyan vositalarni qo’llab, tish emaliga jiddiy ziyon yetkazish mumkin. O’zboshimchalik bilan ish tutish tavsiya etilmaydi;
  • Albatta shifokorga murojaat qilish. Buni oqartirish muolajalarini boshlashdan oldin bajarish kerak, shunda karies yoki emal shikastlanishlari yo’qligiga ishonch komil bo’ladi. Stomatolog huzuriga hech bo’lmaganda yiliga bir marta borishni kanda qilmang;
  • Sezuvchanlik yuzaga kelganda barcha muolajalarni darhol to’xtatish. Har qanday og’riq hislari muolajalar tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatayotganidan darak beradi;
  • Tish tabiiy ravishda oq-sarg’ish tusga egaligini unutmaslik. Turli filmlardagi qahramonlarning chinnidek oppoq tishlari tinchlik bermayaptimi? Aslida oppoq rang tishlarning tabiiy rangi emas, gollivud yulduzlarining tishlari esa vinir — tishning tashqi qoplami o’rnini bosuvchi yupqa plastinka bilan qoplangan bo’ladi.

Tish sarg’ayishini oldini olish

Sarg‘aytiruvchi ovqatlar va ichimliklarni qisqartirish

Kofe, qizil vino, gazli ichimliklar tishda sariq qoplama hosil qiladi. Bu ulardan to‘liq voz kechish kerak degani emas, ularni iste’mol qilishni me’yorga keltirish kerak. Iloji bo‘lsa, ularni iste’mol qilayotganda tishlar bilan kontakda bo‘lmasligi uchun solomkalardan (naychalar) foydalanish joiz. Eng muhimi, chekish tishlar rangining o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir qiladigan omil ekanligini unutmaslik kerak.

Shirinliklar iste’molini kamaytirish

Tishlar oq bo‘lsin desangiz, shirinliklar iste’molini kamaytiring. Shakarli muhit streptokokklar o‘sishi uchun ozuqa muhiti sanaladi, ular o’z navbatida gingivit va boshqa yallig‘lanishlarni chaqiradi. Shirinliklar iste’mol qilgandan so‘ng tishlarni tozalash tavsiya qilinadi.

Kaltsiy saqlovchi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish

Tishlar rangi sarg‘ayishiga kalsiy yetishmasligi ham sabab bo‘ladi. Bunda emal qavati yemirilib, dentin qavati (sariq rangli) ko‘rinib qoladi. Sut, pishloq, tvorog va brokkoli o‘zida ko‘p miqdorda kaltsiy saqlaydi.

Shunindek, ba’zi mahsulotlarni rad etish yoki ularni cheklash zarur. «Qora ro’yxat» ning ayrim vakillari:

  • To’q rangli gazlangan va alkogolsiz ichimliklar;
  • Qora choy;
  • Chaynash uchun tamaki;
  • To’q rangli likyorlar;
  • Qahva;
  • Sitrus mevalar;
  • Dorilarni suiste’mol qilish;
  • Ba’zi dorilarni qabul qilish;
  • Tomatli sous;
  • Sigaret chekish.

Eslab qoling! Tishlaringizni chiroyli va sog’lom saqlashning eng yaxshi usuli — muntazam ravishda cho’tka va tish uchun ipdan foydalanishdir. Bu emaldagi dog’lar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, shuningdek karashni tezda yo’qotadi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

 

30910cookie-checkTishlarni oqartirish — uy sharoitida vositalar tayyorlash, professional muolajalar

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »