YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI

To’satdan yurakdan sodir bo’ladigan o’lim haqida ma’lumot – tarqalganligi, sabablari, belgilari, tashxislash, birinchi yordam.

To’satdan yurakdan sodir bo’ladigan o’lim – bu boshqa tashxis qo’yish uchun kerakli belgilar bo’lmaganda ehtimol qorinchalar fibrillyatsiyasi yoki yurak asistoliyasi sababli yurak faoliyatining to’satdan to’xtashidir. O’lim to’satdan sodir bo’lgan deb hisoblanadi, agar u birinchi klinik belgilar paydo bo’lgandan so’ng 6 soatdan keyin sodir bo’lgan bo’lsa. Hozirgi vaqtda ba’zi mutaxasislar o’lim 1 soatdan so’ng sodir bo’lsa to’satdan sodir bo’lgan deb xisoblashni taklif qilmoqdalar.

Tarqalganligi

Bir yilda katta yoshdagi aholi o’rtasida to’satdan sodir bo’lgan o’lim 0,1 – 0,2 % tashkil qiladi (AQSh da bir yilda 300 000 to’satdan o’lim sodir bo’ladi). Erkaklar o’rtasida u ko’prok uchraydi.

Sabablari

To’satdan sodir bo’ladigan o’limning asosiy sababi (80 %) YuIK dir. Qolgan holatlarda yurakning boshqa kasalliklari (masalan kardiomiopatiya) sabab bo’ladi. O’lganlarning 2/3 qismi miokard infarkti o’tkazgan. Anamnezida YuIK ning bo’lmasligida ham to’satdan o’lim sodir bo’lishi mumkin. Qorinchalar fibrillyatsiyasi turli qo’zg’atuvchi omillari ta’sirida ( jismoniy va asabiy zo’riqish, alkogol ist’emol qilish) rivojlanadi. Asistoliya rivojlanishining sababi noma’lum.

Klinikasi

To’satdan yurakdan sodir bo’ladigan o’limdan oldingi aniq belgilar yo’q. O’limdan qutqarib qoldirilgan bemorlarni so’roq qilganda voqeadan bir necha kun oldin ko’krak qafasida aniq bo’lmagan og’riq, hansirash, yurak urib ketishi, holsizlik va boshqa prodromal belgilar bo’lganligini aniqlash mumkin.

  • Yurakning to’xtashi bosh miyada qon aylanishi to’xtashi natijasida to’satdan hushdan ketish bilan namoyon bo’ladi.
  • Ko’ruvda ko’z qorachig’i kengayganligi aniqlanadi. Qorachiq va ko’z shox pardasi reflekslari chaqirilmaydi, nafas olish to’xtaydi yoki agonal nafas bo’ladi.
  • Yurak tonlari, yirik qon tomirlarda (uyqu, son arteriyalarida) puls aniqlanmaydi.
  • Teri och-kul rang, sovuq bo’ladi.
  • EKG da qorinchalar fibrillyatsiyasi, aritmiya va blokadalar yoki asistoliya aniqlanadi.

Davolash

To’satdan yurakdan o’lim sodir bo’lganda Yevropa reanimatsion kengashning algoritmini qo’llash tavsiya qilinadi.

76470cookie-checkTo’satdan yurakdan sodir bo’ladigan o’lim haqida ma’lumot – tarqalganligi, sabablari, belgilari, tashxislash, birinchi yordam.

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »