Salomatlik

Tunda qon bosimi ko’tarilishi sababi nima ?

Ha, bu ko‘p bora kuzatilgan holat. Ayrim odamlar aynan yarim tunda arterial qon bosimi ko‘tarilishidan azoblanishadi.

Vrach-kardiojarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Fyodorov shu masalada o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, qon bosimining tunda ko‘tarilib ketishi me’yoriy holat emas. Nimadir noto‘g‘ri. Yoki qon bosimi ko‘tarilgan odam organizmni haddan ziyod zo‘riqtirgan bo‘lishi mumkin.

— Salomatligi joyida odam tunda arterial qon bosimi ko‘tarilishidan qiynalmasligi lozim, — deydi mutaxassis. — Chunki u birinchidan sog‘lom, ikkinchidan, tunda qimirlamaydi, organizmni zo‘riqtirmaydi. Bu gipertoniyaga uchraganlardagina sodir bo‘lishi mumkin. Shunda ham hamma bemorlarda emas. Ba’zilarning qon bosimi kunduzi, ayrimlarniki yarim tunda ko‘tariladi. Agar gipertoniyaga uchragan bemorning qon bosimi tunda ko‘tarilayotgan bo‘lsa, darhol vrach ko‘rigiga chopishi lozim. Vrach maxsus uskuna yordamida bu holatni tahlil etib, shunga asoslangan holda davolash terapiyasini belgilaydi. Ko‘ribsizki, bemor kechalari qon bosimi ko‘tarilishidan azob chekmaydi.

10181-1cookie-checkTunda qon bosimi ko’tarilishi sababi nima ?

Share with:

1 Fikr bildirish

  • 🔅 Вручение приза Распределение призовых купонов №994 Перейти >>> https://forms.gle/KPDK9QEUdxiEppB59?hs=df12fbf71cb3c1e5e0dbd667fc20d710& 🔅 24.02.2023

    qve67c

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »