Qichimani davolash uchun (antigistaminlar va infeksiyaga qarshi vositalar ham) Teri kasalliklarida yuza qo`llash uchun kortikosteroidlar Teri kasalliklarida zamburug`ga qarshi vositalar

XAYKINAZOL balzam 50g

XAYKINAZOL balzam 50g qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

XAYKINAZOL

HAYKINAZOL

 

Preparatning savdo nomi: Xaykinazol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun balzam

Tarkibi

1 g balzam quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ketokonazol – 15mg, klobetazol propionati – 0,25mg.

yordamchi moddalar: spirt, dodesilsulfat natriy, ikki natriyli edetat, kokos moyi kislotalarining dietanolamidlari, polioksietilen yog‘li spirtlar efiri bilan ammoniy sulfati, distearat etilenglikoli, ammoniy va akrilamid xlorid dimetil sopolimer, limon kislotasi, guaro smola kationi, germal plyus, emulsiyalangan kremniy moyi, mentol, Y-eozin, tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan quyuq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada

ATX kodi: D07C.

Farmakologik xususiyatlari

Ketokonazol zamburug‘larga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan preparat hisoblanib, Pityrosporum oval zamburug‘lariga nisbatan kuchli zamburug‘larga qarshi ta‘sirga ega. Klobetazol propionati bilan majmuada (kortikosteroid gormon) yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi yuqori samarali vosita hisoblanadi.

Natijada ushbu murakkab «Xaykinazol» balzami qazg‘oq va bosh terisini seboreyali dermatitini davolashda, tarkibida faqat ketokonazol bo‘lgan vositalarga nisbatan, tez ta‘sir qiluvchi samaraliroq vosita.

Farmakodinamika

Ketokonazolning ta‘sir mexanizmi ergosterol biosintezini ingibisiya qilish va zamburug‘larning membranasidagi lipidlar tarkibini o‘zgartirishdan iborat.

Dermatofitlar: Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton floccosum nisbatan faol; Candida, Pityrosporum achitqi va achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faol.

Preparat qazg‘oq bilan bog‘liq bo‘lgan seboreyali ekzema va qipiqlanuvchi temiratka qichishish va qipiqlanishlarni tez kamaytiradi.

Klobetazol propionati – sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroid. Teri kasalliklarini davolashda kortikosteroidlarning terapevtik ta‘sir mexanizmi ma‘lum emas.

Kortikosteroidlar hujayra membranalarini fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajratib chiqaradigan A2 fosfolipazani ingibisiya qiluvchi lipokortinlar sintezini induksiya qiladi, Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotasining metabolitlari bo‘lgan prostoglandinlar va leykotrienlar kabi  yallig‘lanish va allergiyaning kuchli mediatorlari biosintezini nazorat qiladi.

Farmakokinetikasi

Sirtga qo‘llanganida ketokonazol ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi. Xatto uzoq vaqt qo‘llanganida ham ketokonazol qonda aniqlanmaydi.

Klobetazol propionatini plazma oqsillari bilan bog‘lanish qobiliyati gidrokortizonga nisbatan kamroq, lekin T1/2 yuqoriAsosan jigarda, qolgan qismi – buyraklarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Pityrosporum oval zamburug‘lari chaqirgan bosh terisini seboreyali dermatiti va qazg‘oqni davolash uchun qo‘llanadi. Bosh terisini yuqorida ko‘rsatilgan omillar chaqirgan qipiqlanishi va qichishini tez yengillashtiradi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan!

Oldindan namlangan boshning soch qismiga taxminan 5 ml balzam surtiladi, yengil uqalanib, balzamni bosh terisiga yaxshilab taqsimlanadi. 3-5 minutdan keyin suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Davolash maqsadida «Xaykinazol» balzamini xaftada 2 marta 2-4 xafta davomida qo‘llash kerak; davolashda tanafusga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Profilaktika maqsadida balzamni xaftada 1 marta yoki 2 xaftada 1 marta qo‘llash kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar va terini ta‘sirlanishlari aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatga o‘tayuqori sezuvchanlik

– 12 yoshdan kichik bolalar

– homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Dori vositasini avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat mahalliy qo‘llanganida uning so‘rilishi tizimli samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

50 ml dan tubalarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 ml dan paketlarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida №50.

 

Saqlash sharoiti

+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

14320cookie-checkXAYKINAZOL balzam 50g

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »