Tibbiyot

Yo’talni tabiiy yo’llar bilan davolash

Qora andiz ildizidan tayyorlangan damlama yoʻtalda juda yaxshi foyda qiladi. Buning uchun bir choy qoshiq quritib maydalangan andiz ildizining ustiga bir stakan qaynatib sovitilgan suv quyilib, 10 soat tindirib qoʻyiladi. Damlamadan kuniga 4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

— Anjir mevasi va uning qoqisidan tayyorlangan damlama tomoqni yumshatadi, isitmani tushiradi.

— Arpabodiyon mevasi (urugʻi)dan tayyorlanadigan damlama quruq yoʻtalni qoldirish bilan birga, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi (traxeit, loringit, yiringli bronxit)da dardni yengillashtiradi. Damlama tayyorlash uchun 1 choy qoshiq oʻsimlik mevasi 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 1 soat davomida damlab qoʻyiladi. Damlama sovigandan soʻng suziladi va uchga boʻlinib, kun mobaynida ichiladi.

— Zubturum bargining quritilganidan 1 osh qoshigʻini bir stakan suvda qaynatib, oʻrogʻliq holda 2 soat tindirib qoʻyiladi. Soʻng dokada suzib olinadi. Kuniga 4 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

— Bir choy qoshiqdagi ukrop urugʻini bir choynak suvga damlab ichish balgʻamning yengil koʻchishiga foyda qiladi.

— Orasiga sariyogʻ yoki dumba qoʻyib bugʻda dimlab pishirilgan behi yoki sholgʻom quruq yoʻtalni davolashda eng yaxshi shifodir.

— Yogʻi olinmagan sutni sariyogʻ bilan qaynatib issiq holda ichish tomoqni yumshatadi, qirilishi va yoʻtaldan qutulishda yordam beradi.

— Yovvoyi (achchiq) bodomni chaqib, choydek damlab ichish ham yoʻtalga foyda qiladi.

— Bir stakan qaynoq suvga bir osh qoshiqda quritib maydalangan bargizub (zubturum) bargini damlab ichish ham yoʻtalning davosidir.

— Chilonjiyda mevasidan tayyorlanadigan damlama yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanganda yaxshi foyda berib, quruq yutalni qoldiradi, balgʻamning oson koʻchishiga yordam beradi. Buning uchun 20 g maydalangan mevani yarim choynak qaynoq suvda 1 soat damlab qoʻyiladi. Suzib, damlamadan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi.

— Sholgʻom sharbati ham iztirobli yoʻtalda yaxshi davo boʻladi. Bunda tozalangan sarxil sholgʻom sharbatini 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ichish tavsiya qilinadi. Katta yoshdagilar esa bu sharbatdan 2 osh qoshiqdan kuniga 5-6 mahal ichishlari mumkin.

100260cookie-checkYo’talni tabiiy yo’llar bilan davolash

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »