YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI

Yurak ishemik kasalligi tasnifi

YuIK ( yurak ishemik kasalligi ) rivojlanish mexanizmining har-xil bo’lishi kasallikning turlicha xususiyatlari, rivojlanish tezligi va jadallashuvini belgilaydi va shu bilan uning namoyon bo’lish variantlari ko’pligini tushuntirish mumkin. YuIK ning asosiy turlariga to’satdan yurakdan sodir buladigan o’limni, stenokardiyani, miokardning og’riqsiz ishemiyasini, miokard infarktini va infarktdan keyingi kardiosklerozni kiritish mumkin.
YuIK rivojlanish mexanizmlari to’g’rasidagi tassuvlarning tez o’zgariyotganligi sababli ushbu kasallikning umum qabul qilingan tasnifi yo’q.

YuIK ning ishchi tasnifi

1. To’satdan yurakdan sodir bo’ladigan o’lim.
2. Stenokardiya.
2.1. Turg’un zo’riqish stenokardiyasi (I dan IV gacha funktsional sinfni ko’rsatib).
2.2. Turg’un bo’lmagan stenokardiya:
2.2.1. Ilk bor sodir bo’lgan stenokardiya
2.2.2. Rivojlanib boruvchi stenokardiya.
2.2.3. Miokard infarktidan so’ng erta yoki opertsiyadan keyingi stenokardiya.
2.3. Stenokardiyaning aloxida (Printsmetal, vazospastik) turi.
3. Miokardning og’riqsiz ishemiyasi.
4. Mikrovaskulyar stenokardiya ( «X sindromi»).
5. Miokard infarkti.
5.1. Q tishchali miokard infarkti (yirik o’choqli, transmural)
5.2. Q tishchasiz miokard infarkti (mayda o’choqli).
6. Infarktdan keyingi kardioskleroz.
7. Yurak etishmasligi (turi va bosqichlarini ko’satgan xolda).
8. Yurak ritmi va o’tkazuvchanligining buzilishi (turlarini ko’rsatgan xolda).

Ushbu tasnifda eng avvalo turg’un bo’lmagan stenokardiyaning turlari alohida ko’rsatilganligini takidlash kerak. Ular turg’un stenokardiya va miokard infarkti o’rtasida oraliq tur bo’lib, ularning miokard infarktiga o’tish xavfi baland. Shuning uchun ularni davolashga aloxida e’tibor bilan yondoshish talab etiladi.
Keltirilgan tasnifda amaliy ahamiyatidan kelib chiqqan holda miokardning og’riqsiz ishemiyasini alohida ko’rsatilganligiga e’tiborni qaratish kerak. Uning tashxisida zamonaviy instrumental (jismoniy zo’riqish bilan sinama, EKG ni Xolter usulida sutkalik monitorlash, miokardni 201 T1 bilan radionuklid stsintigrafiya qilish) tekshirish o’tkazish talab etiladi.
Shuningdek ush bu tasnifda mikrovaskulyar stenokardiyaning ko’rsatilishi e’tiborga sazovardir. Chunki, koronaroangiografiyaning amaliyotga keng kirib borishi YuIK ning gemodinamik ahamiyatga ega bo’lmagan tomirlari jarohatlanishi bilan kechadigan turlarini tashxislash imkonini beradi.
Shunday qilib, keltirilgan tasnif YuIK ning klinik tamoillarini keng yoritib beruvchi yakullanganlikka va butkullikka davo qilmaydigan tasnifdir. Bu borada ishlar davom ettiriladi va olinayotgan ilmiy yangiliklar asosida bu tasnif shubxasiz yanada takomillashtiriladi.

76500cookie-checkYurak ishemik kasalligi tasnifi

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »