OG`RIQ VA BELGILAR

Yurak sekin urishini bartaraf etish

Savol: «Mening yurak urishim (puls) pasaygan, biroq kardiologning aytishicha vaziyat dori ichadigan darajada jiddiy emas. Ammo bu holat vaqti-vaqti bilan menga noqulaylik tug‘dirmoqda. Bu noxushlikni xalq tabobati vositalari yordamida yengsa bo‘ladimi?”

Muazzam, Chirchiq shahri.

 

Oliy toifali shifokor Yorqinoy TOShPO‘LATOVA javob beradi:
– Yurak urishi sustligi bradikardiya deyiladi. Bu kamharakatlikda, qon quyulganda, quvvatsizlikda yoki boshqa bir qator yurak-qon tomir xastaliklarida kuzatilishi mumkin. Ushbu holatning asl sababini sizni tekshirib ko‘rgan shifokor aniqlaydi. Agar yurak sust urishi biron jiddiy kasallik alomati bo‘lmasa jismoniy mashqlar, qahva yoki maxsus damlamalar yordamida yurak urishini maromiga keltirish mumkin.

Sizda yurak qisqarishlari chastotasi bir daqiqada, 55 zarbadan kam bo‘lsa, u holda ushbu tavsiyani qo‘llab ko‘rishingiz mumkin.

10 dona limon sharbatini siqib oling, 10 dona sarimsoqni maydalang, ularni bir litr toza asal bilan yaxshilab aralashtirib, shisha bankaga soling va 10 kun salqin, qorong‘i joyda saqlang. Aralashmani kunora qo‘zg‘ab turing. Tayyor bo‘lgan malhamni har kuni ertalab nonushtadan 30 daqiqa oldin bir osh qoshiqda asta-sekin shimib qabul qiling. Muolaja toki malham tugaguncha davom etadi. Muolajani bir yildan so‘ng takrorlang.

96870cookie-checkYurak sekin urishini bartaraf etish

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »