Salomatlik

Yurak yaxshi ishlashi uchun foydali mahsulotlar

Kanadaning Gamilton port shahrida joylashgan Makmaster universiteti olimlaridan biri Salim Yusuf yurak uchun qanday mahsulotlar ko‘proq foyda berishi masalasida izlanishlar olib bordi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, yurak faoliyati yaxshi kechishi, xastaliklar xavf solmasligi uchun asosan sut mahsulotlari foydali ekan.

Tadqiqotlarda ishtirok etgan 218 ming nafar ko‘ngilli ma’lum muddat mevalar, sabzavotlar, yong‘oq, mosh, loviya, baliq, go‘sht va sut mahsulotlarini iste’mol qildi. Natija kutilganidek kechdi. Ko‘ngillilarning barchasi yurak xastaliklaridan deyarli 50 foiz himoyalangan bo‘lib chiqdi. Olim aytib o‘tdiki, bu mahsulotlar qon tomirlarni doimiy ravishda tozalab, xolesterin saqlanib qolishiga qarshi kurasharkan, shuning natijasida yurak xastaliklari ortga chekinarkan.

98510cookie-checkYurak yaxshi ishlashi uchun foydali mahsulotlar

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »