HOMILADORLIK TAQVIMI

33-HAFTA. HOMILADORLIK

Hammasi joyida. Homiladorlikning 33-haftasi keldi. Onadagi kamqonlik o‘tib ketdi, bolakay yana bir santimetrga o‘sgan. Qorin ichi unga tobora torayib bormoqda. Kichkintoy tushlar ko‘ra boshlagan. Ehtimol, o‘ttiz uchinchi haftada ona ham tushida yorqin va quvnoq “multfilmlar” ko‘ra boshlaganining sababi shu bilan bog‘liqdir.

Homiladorlikning 33-haftasi – bolaning vazni

Homiladorlikning 33 – 34-haftalik muddatida deyarli oy-kuni yetgan bola 42–44 sm gacha o‘sgan bo‘ladi. Homiladorlikning 33-haftasida me’yor doirasida o‘sayotgan bolaning vazni ikki kilogramm atrofida bo‘ladi. Ko‘p uxlaydi (bolalar uyquda o‘sadi-da!), uyquning tez fazasida turar ekan, u ko‘z qorachig‘ini qimirlatadi.

Uning yurakchasi takomillashuv jarayonida bo‘ladi, biroq, yurak bo‘lmasi orasida jimittekkina teshik qolgan bo‘lib, kichkintoy dunyoga kelgach, ilk nafas olgan soniyadayoq bu teshik yopilib ketadi.

Tilida ta’m sezuvchi so‘rg‘ichlar shakllangan bo‘ladi. Bolajoningiz nordonni shirindan bemalol ajrata oladi.

Homiladorlikning 33-haftasi – qimirlashlar

Endokrin, asab va immun tizimning shakllanishi oxirgi bosqichda turibdi. Tana qismlari mutanosib bo‘la boshlagan. Kichkintoy teri osti yog‘larini yig‘ishda davom etadi, borgan sayin yuzida ajinlar kamayadi, yonoqlar “o‘sib chiqadi”. Lekin yog‘li kletchatka hali kamroq, bunday bolalar muddatidan oldinroq tug‘ilganda issiqni yaxshi ushlab qololmaydilar. Ularni inkubatorda yoki grelka yordamida saqlab qolishadi.

Homiladorlik 33-haftaga yetganda homilaning qorin ichidagi qimirlashlari faolligi pasayadi. Bolakay o‘ziga kerakli ozuqalarni onasidan yanada faol olib, vaznini oshirishda davom etadi. Uning qayrilib va aylanib turishi ancha qiyinlashgan. Bolakay yengilgina aylanib turgan hamda qo‘l va oyoqchalarini silkitgan vaqtlar asta-sekin ortda qolmoqda. Hozir esa kichkintoyning massasi va yo‘ldoshda joyning torayganligi erkin harakatlanishga imkon bermayapti. Bolakayning har bir harakati qiyinchilik bilan bo‘ladi.

Buyuk bilimdon

Hali tug‘ilmagan bo‘lsa-da, kichkintoy dunyoni anglashga harakat qilishni boshlagan va bu jarayon davom etmoqda. Bosh miyaning asab hujayralari o‘zaro bog‘lanish jarayonini kechirmoqda.

Garchand harakatlanish reaksiyalari hali to‘liq muvofiqlashmagan bo‘lsa-da, sizning bo‘lg‘usi bilag‘oningiz o‘z “ma’lumotlar bazasida” qanday qilib tepinish, yugurib-yelish va kuniga yuz millionlab savollarni qalashtirib tashlash kerakligini asos solib boryapti – hayotiy faoliyatning muhim jarayonlarini boshqarish uchun javob beradigan asab markazlarining shakllanishi qizg‘in bormoqda.

Boshqa ichki organlar ham o‘zlarini eng yuqori tayyorlik holatiga keltirmoqda. Tomirlarning devorlari yo‘g‘onlashgan, ularning tonusi oshgan, o‘pkadagi alveolalarning shakllanishi yakunlanmoqda, buyraklar qonni filtrlab, chiqindilarni ajratmoqda, miya to‘liq shakllanib bo‘lgan.

Qo‘l va oyoqchalardagi barmoqchalar individual teri naqshlari bilan qoplanmoqda.

Ona o‘zini qanday his qiladi

Qorin kattalashib boraveradi. Tos yoki ko‘krak qafasidagi og‘riqli hislar avvalgidek bezovta qilishda davom etaverishi mumkin. Lekin yaxshi tomoni shundaki, siz bolajoningiz tizzasi bilan tepdimi yoki tirsagi bilan turtdimi – ajrata olasiz.

Bachadon yuqoriga qarab harakatda davom etadi: mazkur bosqichda u kindikdan 13 sm va qov simfizidan 33 sm balandda joylashgan bo‘ladi. Vazningiz 9,9 kg dan 12,6 kg gacha oshgan. Qizil qon tanachalarining miqdori plazma hajmiga muvofiq kela boshlaydi, kamqonlik chekinadi. Lekin boshqa muammo yuzaga keladi: siydik tez-tez qistab turadi. Kattalashgan bachadon qo‘shni organlarni bosib, qovuqni ezadi, shu tufayli bo‘lg‘usi ona bir kechada 5–6 martadan hojatga qatnashga majbur bo‘ladi.

33-haftada homila atrofidagi suvlar tug‘ruqqacha shunday o‘zgarmaydigan hajmda to‘planadi.

Simptomatika

Bu haftada yuz berishi mumkin bo‘lgan alomatlar quyidagilar: qabziyat, hazm qilishning buzilishi, milklarning qonashi, quloqlar bitishi, bosh og‘rig‘i, bel og‘rishi, varikoz, qo‘l-oyoqlar spazmi, og‘iz sutining ajralib chiqishi.

Qayd etamizki, bu alomatlar yuz berishi mumkin, albatta bo‘ladi degani emas.

Ichkaridan yengil turtkilashlar bolani hiqichoq tutayotganidan dalolat berishi mumkin. Bu tabiiy jarayon sizda xavotir tug‘dirmasligi kerak.

Qon aralash sut

Homiladorlikning 33-haftasida ayolning organizmida odatdagi holatda bo‘lganidan 1 litr ko‘p qon bo‘ladi. Aniqrog‘i, mazkur muddatda qon tizimi 5–5,5 litr qonni “haydash”ga majbur bo‘ladi.

Ona organizmi tug‘ish va laktatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga faol kirishib ketgan: yo‘ldosh gormonlari sut ishlab chiqarishga astoydil ko‘maklasha boshlaydi.

Shifokor kindik va yo‘ldoshning holatini sinchkovlik bilan nazorat qiladi – tug‘ruqqa juda oz vaqt qolgan.

Uch nonushta, uchta tushlik

Anoreksiya bo‘lsa ovqatlanish ko‘paytirilishi kerak. Ko‘p ovqat yeb qo‘yish va noxush oqibatlarni keltirib chiqarishdan saqlaydigan tarzda ratsioningizni rejalashtiring, sizning nonushta va tushliklaringiz noqulaylik va muammo emas, balki rohat keltiradigan va qulay bo‘lsin.

Ko‘plab homilador ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, “katta” tushlikni ikki-uch qismlarga bo‘lib tashlash ma’qul ekanligini tasdiqlaydilar. Natijada siz kuniga kam-kamdan olti-yetti marta ovqatlanasiz. Shu orqali ochlikni ham sezmaysiz, oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lishining oldini ham olasiz.

To‘g‘ri ovqatlanish va yaxshi kayfiyat, ko‘plab maxsus yoki badiiy adabiyotlar mutolaa qilish sizning hayotingizga o‘sha “onalik”, mehribonlik, ruhiy xotirjamlik ohanglarini olib keladi, bu ohanglar endi mangu siz bilan.

12930cookie-check33-HAFTA. HOMILADORLIK

Share with:

459 ta fikr

  • discuss 25.02.2022

    Hey there! This is my 1st comment here so I just wanted to give a quick shout out and say I genuinely enjoy reading through your posts.
    Can you recommend any other blogs/websites/forums that cover the same subjects?

    Thanks a ton!

  • Hey there just wanted to give you a quick heads up.
    The words in your post seem to be running
    off the screen in Firefox. I’m not sure if this
    is a formatting issue or something to do with web browser
    compatibility but I figured I’d post to let you know.
    The design look great though! Hope you get the problem solved soon. Thanks

  • Do you mind if I quote a few of your articles as long as I provide credit and sources back to
    your weblog? My blog is in the very same area of interest as yours
    and my users would genuinely benefit from
    a lot of the information you present here. Please let me know
    if this okay with you. Cheers!

  • Thanks for the marvelous posting! I truly enjoyed
    reading it, you are a great author.I will ensure that I
    bookmark your blog and definitely will come back at some point.
    I want to encourage that you continue your great job, have a nice day!

  • Now I am going away to do my breakfast, afterward having my breakfast coming over again to read additional news.

  • Hurrah! At last I got a blog from where I be able to really obtain helpful data regarding my study and
    knowledge.

  • Ahaa, its nice discussion about this paragraph here at this blog, I have read
    all that, so at this time me also commenting here.

  • Hey very interesting blog!

  • Its like you read my thoughts! You seem to grasp so much approximately this,
    like you wrote the guide in it or something. I believe that you simply could
    do with a few % to power the message home a bit,
    but instead of that, this is fantastic blog.
    A great read. I’ll certainly be back.

  • Madeline 25.02.2022

    You ought to take part in a contest for one of the best blogs on the web.
    I am going to highly recommend this blog!

http://www.lawrence.com/users/taxioffice83/ga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »