Zaharlanish va Intoksikatsiyaga qarshi vositalar

Aktivlangan ko’mir

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

UGOL AKTIVIROVANNЫY MS

CARBO AKTIVATUS MS

 

Preparatning savdo nomi: Уголь активированный

Taʼsir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan koʻmir.

Dori shakli: tabletkalar 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg faollashtirilgan koʻmir;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali.

Taʼrifi.: qora rangli, yassitsilindrik, biroz gʻadir-budir, faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: enterosorbsiya qiluvchi vosita.

ATX kodi: A07BA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat adsorbsiya qiluvchi va nospetsifik detoksikatsiya qiluvchi taʼsirga ega. Meʼda-ichak yoʻllarining ichida faollashtirilgan koʻmir turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalarni, bakterial toksinlarni, ovqat allergenlarini, dori preparatlarini, zaharlarni, alkaloidlarni, ogʻir metall tuzlarini va gazlarni bogʻlaydi va organizmdan chiqaradi.

Farmakokinetikasi

Soʻrilmaydi, parchalanmaydi, meʼda-ichak yoʻllari orqali 24 soat davomida toʻliq chiqariladi.

Qoʻllanilishi

Turli kelib chiqishga ega boʻlgan ekzogen va endogen zaharlanishlarda zaharsizlantiruvchi vosita sifatida qoʻllanadi.

Ovqat toksikoinfeksiyalarni, salmonelyozni va dizenteriyani majmuaviy davolashda.

Dori preparatlari (psixotrop, uxlatuvchi, narkotik vositalar va boshqalar), alkaloidlar, ogʻir metall tuzlari va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda.

Dispepsiya, meteorizm bilan kechuvchi meʼda-ichak yoʻllarining kasalliklarida.

Ovqat va dori allergiyasida.

Giperbilirubinemiyada (virusli gepatit va boshqa sariqliklar) va giperazotemiyada (buyrak yetishmovchiligi).

Ultratovush va rentgenologik tekshirishlar oldidan avval ichakda gaz hosil boʻlishini kamaytirish uchun qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, tabletkalarda yoki avval maydalangandan soʻng suvli aralashma koʻrinishida, ovqatlanishdan va boshqa dori vositlarni qabul qilishdan bir soat oldin qoʻllanadi. Preparatning kerakli miqdori ½ stakan suvda aralashtiriladi.

Kattalarga dozalash tartibi oʻrtacha 1,0-2,0 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta, kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 8 g gacha.

Bolalarga preparat tana vazniga oʻrtacha 0,05 g/kg hisobidan sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal bir martalik doza tana vazniga 0,2 g/kg gacha.

Oʻtkir kasalliklarda davolash kursi – 3-5 kun. Allergiya va surunkali kasalliklarda – 14 kungacha. Takroriy kurs – shifokorning tavsiyasi boʻyicha 2 haftadan soʻng.

Oʻtkir zaharlanishlarda davolash meʼdani faollashtirilgan koʻmirning suvli aralashmasini ishlatish bilan yuvishdan boshlanadi, soʻngra ichga 20-30 g preparat beriladi.

Meteorizmda preparat ichga 1-2 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kun.

Nojoʻya taʼsirlari

Qabziyat, diareya. Uzoq muddat (14 kundan ortiq) qoʻllanganida kalsiyni, vitaminlarni, oziq moddalarni soʻrilishi pasayishi mumkin. Ahlat qora rangga boʻyalishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Meʼda va 12 barmoq ichak yara kasalligini zoʻrayishi, nospetsifik yarali kolit, meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishlar, ichak atoniyasi, preparatni shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik, samarasi soʻrilganidan keyin rivojlanadigan antitoksik dori vositalarni bir vaqtda buyurishda (metionin va boshqalar) qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Faollashtirilgan koʻmir u bilan birga bir vaqtda ichga qoʻllanadigan dori preparatlarining samaradorligini pasaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Intoksikatsiyalarni davolashda meʼdada (uni yuvishdan oldin) va ichakda (meʼda yuvilganidan soʻng) faollashtirilgan koʻmirning ortigʻi bilan hosil qilish lozim. Muhitda faollashtirilgan koʻmirning konsentratsiyasini kamayishi ichakda bogʻlangan moddani desorbsiyasi va uning soʻrilishiga yordam beradi; rezorbsiyani oldini olish uchun meʼdani faollashtirilgan koʻmir bilan takroran yuvish va faollashtirilgan koʻmirni buyurish tavsiya etiladi. Agar zaharlanish enterogepatik sirkulyatsiyada ishtirok etuvchi moddalar (yurak glikozidlari, indometatsin, morfin va boshqa opiatlar) tomonidan chaqirilgan boʻlsa, faollashtirilgan koʻmirni bir necha kun davomida qoʻllash lozim. Preparatlar 10-14 kundan ortiq ishlatilganida vitaminlar va kalsiy preparatlarini profilaktik buyurish kerak. Quruq joyda, atmosferaga gazlar yoki bugʻlarni chiqaruvchi moddalardan alohida saqlash lozim. Ochiq havoda (ayniqsa nam) saqlash sorbsion xususiyatini pasaytiradi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 250 mg.

10 tabletkadan kontur uyasiz oʻramda.

10 tabletkadan kontur uyali oʻramda.

1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Kontur oʻramlarni teng miqdordagi yoʻriqnomalar bilan guruh oʻramiga joylashga ruxsat beriladi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

19230cookie-checkAktivlangan ko’mir

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »