Salomatlik

Anjirning inson salomatligiga foydalari

Anjir o‘zida bir qancha ijobiy xususiyatlarni jamlagan bo‘lsa-da, mazkur mevani hammaga ham tavsiya qilib bo‘lmaydi. Xususan, semizlikka moyil insonlar, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar anjirni ko‘p iste’mol qilmaganlari ma’qul. Chunki, uning tarkibida ko‘p miqdorda qand moddasi mavjud.

Shuningdek, anjirda ko‘p miqdorda oksalat kislotasi borligi sabab podagra, buyrak-tosh kasalliklarida ham mazkur mevani iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tarkibida shovul kislotasi sabab me’da-ichak xastaliklari bilan og‘rigan bemorlar ham bu mevani me’yorda tanovul qilganlari ma’qul.

Qadimgi hakimlarning fikriga ko‘ra, anjir odam darmonsizlanib yuradigan mahalda, yuragi o‘ynaganida, ko‘kragi og‘riganida, shuningdek, bronxial astma va yo‘tal mahalida foydalidir. Buyrak va qovuq ishini joyiga keltirib, odamning rangini tiniqlashtiradi.

Zamonaviy tabobatda anjir yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, trombozlarda, kamqonlik mahalida va yengilgina surgi sifatida qo‘llaniladi. Anjir tarkibida fitsin degan ferment, talaygina qand moddalari va kaliy bo‘lganligidan, bu ne’mat yurak-tomirlar yetishmovchiligiga uchragan kasallarga juda foydalidir.

Anjirning foydalari ko‘p. Ayniqsa uyqu bezovta qilsa ikki dona anjir yeng tanangiz yayrab ruhingiz ko‘tariladi.

101480cookie-checkAnjirning inson salomatligiga foydalari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »