Salomatlik

Apelsinning salomatlik uchun yana bir foydasi

Sidneylik bir guruh olimlar xuddi shu mavzuda bir nechta tadqiqotlar olib borishdi. Natijada to‘plangan dalillar shuni ko‘rsatdiki, apelsin tarkibidagi flavonoid pigmenti ko‘zimizning sezuvchanlik imkoniyatlarini oshirib, ko‘rish qobiliyatimizni tashqi xavflardan himoya qilarkan.

— Hatto, haftada bir marta apelsin yesangiz ham baribir ziyon qilmaysiz, — dedi olimlardan biri Bamini Gopinat. — Ko‘zingiz sog‘lom bo‘lishi, ko‘rish imkoniyatlaringiz kamaymasligi kafolatlanadi…

Tadqiqotlarda yoshi 50 dan o‘tgan mingga yaqin ko‘ngilli ishtirok etdi. Ular misolida olimlar flavonoidlar inson ko‘ziga qay tartibda va qanday ta’sir ko‘rsatishini nazoratdan o‘tkazishdi.

Darvoqe, apelsin nafaqat ko‘rish qobiliyatimizni yaxshilarkan, balki xastalangan ko‘zlarnig sog‘ayishida ham muhim ahamiyatga ega ekan.

101570cookie-checkApelsinning salomatlik uchun yana bir foydasi

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »