Ayollar uchun

Hayz og’riqlarini yengillashtirish choralari

Qorin sohasini uqalash

Soat aylanasi bo’yicha o’ngdan chap tarafga qaratilgan harakat bilan uqalanadi. Bu jarayonda qorinning pastki sohasidagi bezovtalik, bosim ancha yengillashadi.

Parhez

Hayz oldi kunlari hamda boshlanganidan so’ng og’ir hazm bo’luvchi, yuqori kaloriyali hamda yog’li mahsulotlarni cheklab turing. Eng ma’quli parhezbop yeguliklar.

Jismoniy mashqlar

Badantarbiya, yoga, nafas mashqlari yordamida organizmingizdagi zo’riqish hamda og’irlikni bartaraf etishga erishasiz. Buning uchun 5-10 daqiqa vaqtingizni ayamasangiz kifoya.

Vitamin va minerallar

Og’riq davomli va o’tkir, so’nggi hayz davrlarida tez-tez takrorlanayotgan bo’lsa, shifokor ko’rsatmasi bilan magniy, kalsiy, B va E guruhi vitaminlaridan qabul qilishingiz mumkin.

Dorivor damlamalar

Maymunjon (murabbosi yoki quritilgan mevasi), limono’t (melissa), jo’ka (lipa) va bodrezak (kalina) o’simliklaridan tayyorlangan damlamalar ham og’riqni yengillashtirishida asqotadi.

Uyqu holati

Mutaxassislar, embron holatida uxlash yoki shunchaki dam olish qorin mushaklaridagi siqilish (spazm)ni bartaraf etishda yordam beradi deyishadi. Sinab ko’ring.

Og’riq qoldiruvchi preparatlar

Agar og’riqdan tinkangiz qurib, halovangiz bo’lmayotgan bo’lsa, shifokor ko’rsatmasi bilan og’riqsizlantiruvchi preparatlarga murojaat etishingiz mumkin. Ammo miqdorini oshirib yubormang.

TAVSIYA ETILMAYDI !!!

  • Qorin ustiga issiq grelka qo’yish;
  • Moychechak damlamasini qabul qilish;
  • Spazmolitik guruhiga mansub preparatlar miqdorini oshirish;
  • Qorin sohasiga muz solingan sochiq qo’yish.
87420cookie-checkHayz og’riqlarini yengillashtirish choralari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »